“UzAuto Motors” – “Eng talabgir iş beruvçi” deb to...
Kuni keça 24-noyabr kuni “Hyatt Regency Taşkent” mehmonxonasida “DaVinci mukofoti- 2022” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
“UzAuto Motors” Aj davlat kompaniyalari orasida “Iş izlovçilar orasida eng talabgir iş beruvçi” nominatsiyasiga sazovor böldi.
“DaVinci mukofoti” tanlovi 2016-yildan buyon har yili yurtimizda DaVinci Management Consulting tomonidan ötkazib kelinadi. Unda Özbekistondagi yirik iş beruvçilar mahalliy, davlat va xalqaro kompaniyalar 13 nominatsiyada iştirok etib, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun mukofotlanadi. Joriy yil “UzAuto Motors” AJ ham uşbu tanlovda faol iştirok etdi va munosib taqdirlandi.
Bugungi kunda kompaniyada 12 000 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritib, kompaniya rivojiga hissa qöşmoqda.