"AgroTech Klaster" muhandis kadrlar tayyorlaşda ta...
Davlat rahbari raisiligida muhandislik sohalarida ilm va ta'limni rivojlantiriş böyiça bölib ötgan muloqotida ilgari surilgan vazifalar ijrosini samarali amalga oşiriş maqsadida Toşkentdagi Turin Politexnika Universiteti hamda Çirçiq qişloq xöjaligi maşinasozlik klasteri - "AgroTech Klaster" örtasida hamkorlik uçraşuvi taşkil etildi. Dastlab, Toşkentdagi Turin Politexnika Universiteti rahbariyati "AgroTech Klaster" faoliyatini örganiş maqsadida Işlab çiqariş, Böyoqlaş va Yiğuv sexlaridagi iş jarayonini örganişdi.
"AgroTech Klaster" aynan texnika va muhandislik sohalarida tahsil olayotgan talabalarning bilim va malakalarini oşirişlari uçun katta va qulay tajriba maydoni böla oladi. Sababi, bu yerda material tayyorlaşdan to tayyor mahsulot işlab çiqargungaça bölgan barça yönalişdagi jarayonlar zamonaviy texnika va texnologiyalar orqali amalga oşiriladi. Yoşlar bizning klasterda tajriba orttiriş bilan birga bu yerdagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, sifatni oşiriş, mahsulot tannarxi bilan boğliq masalalarda qaratilgan zamonaviy yeçim va takliflarini ham berib borişlari mumkin."-dedi "AgroTech Klaster" boş direktori Azizbek Muhitdinov.
Söng, muhandislik yönalişida startap va innovatsion loyihalar yaratiş istagidagi talabalarga şaroitlar yaratiş, öz ğoyalarini amaliyotda tadbiq etişlari uçun imkoniyatlar eşiklarini oçişga qaratilgan davra suhbati bölib ötdi. Muloqotda ta’lim jarayonida talaba olgan nazariy bilimlarini bir vaqtning özida mazkur klasterda amalda qöllab, mutaxassislik böyiça könikma va malakalarini mustahkamlaşi hamda korxona ehtiyojlaridan kelib çiqqanholda muhandislik va texnika yönalişida mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida professional ta’lim tizimida dual ta’limni taşkil etiş masalasiga alohida urğu qaratildi. "AgroTech Klaster" faoliyati ilm-fan, injiniring va işlab çiqariş integratsiyasiga asoslangani bois talabalar nazariy Oliy ta'lim muassasasida, amaliy bilimlarini esa klasterda oşirişlari uçun markaz taşkil etişga kelişib olindi.
"Davlat rahbari raisligida ötkazilgan yiğilişda bizga aniq vazifalar belgilab berildi. Biz bulari aniq va samarali taşkil etiş maqsadida "AgroTech Klaster" rahbariyati bilan uçraşib muhandislik yönalişida malakali kadrlarni tayyorlaşda hamkorlik böyiça muzokara olib bordik. Uşbu munosabatlar yaqin orada ilk natijasini bera boşlaydi. Yana bir muhim masala bu yangi avlod muhandislarini tayyorlaşda aynan işlab çiqariş jarayonini yaqindan örganişlari aniqroği dual ta'limni yölga qöyiş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişdik. Kelgusi öquv yilidan boşlab talabalar dual ta'lim tizimi asosida tahsil olişni boşlaydilar. Şu bilan birga mavjud mutaxassislarni qayta tayyorlov kursini ham yölga qöyamiz."-dedi Toşkentdagi Turin Politexnika Universiteti rektori Olimjon Töyçiyev.
"AgroTech Klaster" öz faoliyatini ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasi asosida olib borar ekan, Respublikamizdagi barça muhandilik va texnika kabi mutaxassisliklarga ixtsoslaşgan Oliy öquv yurtlari bilan hamkorlik örnatişni maqsad qilgan.