“UZAUTO MOTORS” AJ “DÖSTLIK AVTOTЕXXIZMAT” MÇJ BI...
“UzAuto Motors” AJ “Döstlik Avtotexxizmat” MÇJ bilan dilerlik keluşuvidagi bir qator qoidabuzarliklar sabab şartnomani bekor qilganligini ma’lum qiladi.
“UzAuto Motors” AJ tomonidan sentabr oyida Namangan şahrida joylaşgan “Döstlik Avtotexxizmat” MÇJda ötkazilgan monitoring natijasida Diler korxonasi tomonidan tizimli ravişda xato va kamçiliklarga yöl qöyilganligi hamda dilerlik kelişuvining qator bandlarining qöpol ravişda buziliş holatlari aniqlandi.
Şuningdek, korxona faoliyati davomida qonunbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlandi va uşbu holatlar böyiça tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga huquqiy baho berilişi uçun ma’lumot taqdim qilindi. “Döstlik Avtotexxizmat” MÇJ va mijozlar örtasida tuzilgan şartnomalar böyiça Diler korxonaning mijozlar oldidagi majburiyatlarini Kompaniya öz vaqtida va töliq bajarilişini kafolatlaydi.
Kompaniya Dilerlik tarmoqlari faoliyatida yöl qöyilayotgan kamçilik va qoidabuzarliklarni aniqlaşda davom etadi.
Hurmatli fuqarolar, agarda dilerlik markazlari tomonidan avtomobil xarid qiliş boğliq jarayonda qöşimça pul talab qilinsa, sizdan kompaniyaning “call-center” markazi raqamiga 78 141 77 77 murojaat qilişingizni söraymiz.