
UzAuto Motors jamoasining yoş va şijoatli muhandissi Şohruxbek Rustamov öz faoliyatini 2019-yilda Texnologiya va Texnik xizmat körsatiş direksiyasi Asbobsozlik uçastkasining muhandis loyihaçi bölib boşlagan. Ukrainaning yetakçi universiteti- V.N. Karazin nomidagi Xarkov Milliy universitetining transport vositalarida avtomatika va avtomatizatsiya yönalişini tamomlagan. Sohaning yetuk mutaxassisi bölib, Vatan ravnaqi yölida hissasini qöşiş maqsadida UzAuto Motors kompaniyasiga işga kiradi. Jamoaga yangi qöşilgan bölsada özining tirişqoqligi, mehnatsevarligi bilan hamkasblari orasida öz örni va hurmatga sazovor böldi. Zavoddagi işlab çiqarişlarda uzilişlar bölmasligini ta’minlaş uning asosiy vazifasidir.

“Bizning uçastka tsex işlab çiqarişda xizmat körsatuvçi tsex bölib, nosoz holga kelgan jihozlar yoki moslamalarni soz holatga keltiriş, yangi uskunalar tayyorlab, işlab çiqarişda yölga qöyadi” – deydi. Bunda Şohruhbek Rustamov yangi loyihalarni yaratiş, tayyor holatga keltirib, işlab çiqariş jarayoniga topşiriş, şuningdek amaldagi loyihalarni takomillaştirişga mas’ul.
Kompaniyada iş faoliyatini boşlaganiga köp bölmagan bölsa-da bir neçta lohiyalarda qatnaşib korxona rivoji, ravnaqi yölida salmoqli hissa qöşib kelmoqda. Xususan, SKD Cobalt avtomobili karkasi va Spark avtomobillari karkasi 1-naʼmunalarini (prototip) yaratib test sinovlarini muvaffaqiyatli ötkazgan. 2020-yilda import detallarini mahalliylaştiriş loyihasini amalga oşiriş maqsadida UzAuto Motors Xorazm filiali liniyalari uçun 2 xil ölçamlarda BLANKING DIE lar ştamplar tayyorlab muvaffaqiyatli topşirgan. 2021-yilda SKD sifatidagi avtomobillar eksportini oşişi natijasida asbobsozlik tsexi tomonidan detallar yetkazib berilişini tezlaştiriş uçun tayyorlangan va Asbobsozlik, Presslaş-1 tsexlarida foydalanilayotgan önlab ştamplar muallifi hisoblanadi. 2022-yildan boşlab esa korxonada “AutoCAD” konstruktorlik dasturini işga tuşiriş zarur bölgan bölimlarga örgatiş böyiça mas’ul mutaxassis bölib, bo borada maxsus traininglar ötib kelmoqda.

Mutaxassisimiz işini yoqtirgan jihati haqida gapirar ekan, u muhandislikni san’atga qiyoslaydi. U bilan çambarças boğliq deb biladi. “Yaratayotgan loyihalarimda avval qöllamagan uslublardan foydalanişga harakat qilaman, yangilik yarataman.”- deydi u.
Şohruxbek Rustamov elektriklik, programmistlik, texnikalar va mexatronikaga qiziqişi sabab, böş vaqtida ham sohadan yiroqlaşmay, öz ustida işlaydi. U “böş vaqtimda boşqa zavodlarda qöllanilayotgan texnologiyalarni örganişni yaxşi köraman” – deydi. Ayni kunlarda elektrovelosiped yasaş bilan şuğullanayotganligini ta’kidlaydi.
