Bir xodim tarixi ruknimizda sizlarni öz xodimlarimiz bilan taniştirişda davom etamiz. Kadrda bugungi qahramonimiz – Vohidov Azimjon.

Vohidov Azimjon UzAuto Motors Asaka avtozavodida payvandçi bölib işlaydi. U öz mehnat faoliyatini 1995 yilda boşlagan va hozirgi kunga qadar turli lavozimlarda işlab kelmoqda. 28 yillik iş tajribasi bilan öz işining yetuk mutaxassisiga aylanib, bir neçta şogirdlarni tayyorlab ulgurdi. Bir neçta loyihalarda xususan, Cobalt, Nexia avtomobil liniyalarining demontaj jarayonlarida faol qatnaşgan.
Mutaxassisimizning sözlariga köra, u bolalikdan texnika va asbob-uskunalarga qiziqqan va keyinçalik bu qiziqiş uni şu payvandçilik kasbiga yetaklagan. Qolaversa, uning farzandi ham ota kasbiga havas qilib uning davomçisi bölib, kompaniyada iş faoliyatini boşlagan.
«Payvandçilik qiyin iş. Eng avvalo jismoniy çidamlik, sabr-toqat, tezkorlikni talab etadi. Bu kasbda mehnat qiladigan mutaxassis asbob-uskunalarni, elektrotexnikani yaxşi bilişi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilişi, işlatiladigan agregatlar va uskunalarning işlaş usullari va tamoyillarini yaxşi tuşunişi, fizika, kimyo sohasidagi bilimlarni mukammal egallagan bölişi kerak”, – deydi Vohidov Azimjon.
Xatosiz öz majburiyatlarini mukammal bajariş kompaniya uçun muhimdir, çunki, barça jarayonlar bir-biri bilan özaro uzviy boğliqdir deya alohida ta’kidlaydi.
Vohidov Azimjon payvandçining samarali faoliyati uçun zarur bölgan eng muhim sifatlar deb qobiliyat, mas'uliyat, intizom va ehtiyotkorlik kabi fazilatlarni hisoblaydi.
U öz faoliyati davomida soha rivojiga katta hissa qöşib, halol mehnati, ijtimoiy faolligi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan butun UzAuto Motors jamoasi hurmatiga sazovor bölib kelmoqda. Xususan, bir neça kun avval kompaniya kuniga bağişlab ötkazilgan “Kompaniyam – faxrim” bayramona tadbir doirasida bölib ötgan “Oşga marhamat” bellaşuvida sovrinli örin egallab, özining fidokorona mehnatlari, ibratli ustoz şuningdek mahallaköy orasida namunali fuqaro, samimiy döst, bağrikeng inson, fidoiy hamkasb ekanligini yana bir marotaba namoyon etdi.

Qahramonimiz böş vaqtini oila davrasida va yaqin döstlari bilan ötkazişni yoqtiradi. Qolaversa, mahallada taşkillaştiriladigan barça tadbir va obodonlaştiriş işlarida ham faol qatnaşadi. U öz işida hammasidan köproq ahil va inoq jamoa va “UzAuto Motors”dagi faoliyati davomida orttirgan tajribasini qadrlaydi.
Bugungi kunda payvandçilar sulolasini taşkil etgan uşbu oila vakillarining barçasini dasturxoni but, oilasi tinç va farovon. Dunyoda inson uçun bundan-da ortiq baxt bölmasa kerak deya e’tirof etadi.
