Bitiruvçilar qöşma korxona taqdimoti bilan tanişdi
Andijon maşinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “UzSaemyung Co” qöşma korxonasi vakillari bilan uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuv davlatimiz rahbari tomonidan 20-iyunda muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlaş va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş masalalari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida berilgan vazifalar hamda viloyat hokimining topşiriği ijrosini ta’minlaş va bitiruvçi bosqiçda tahsil olayotgan talabalarni iş bilan ta’minlaş hamda ularni iş beruvçilar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida taşkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimining ötgan haftada bitiruvçilar bilan ötkazgan uçraşuvida bergan topşiriğiga asosan amalga oşirilayotgan işlar, korxona bilan hamkorlikda yölga qöyilgan dual ta’lim masalalari haqida qisqaça ma’lumot berdi.
Şundan söng mutaxassislar tomonidan korxona faoliyati hamda işga joylaşiş tartiblari haqida taqdimot qilindi. Avtosanoat korxonalarida xodimlarni tanlaş, kadrlar zaxirasi va boşqalar haqida tuşunçalar berildi.
Uçraşuv davomida bitiruvçilar mas’ullardan özlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.