Avval xabar berilganidek, Özbekiston, Qozoğiston va Ozarbayjon avtomobil sanoati Turkiy avtosanoat alyansi doirasida Ozarbayjonda UzAuto Motors avtomobillarini töliq silkda (CKD) işlab çiqarişni taşkil qildi. Bu esa öz navbatida avtomobil sotiş bilan birga ularga xizmat körsatişni yaxşi yölga qöyilişiga zarurat yaratadi.
Hozirgi şaroitda avtoservis korxonalarining ahamiyati sezilarli darajada oşib bormoqda. Avtomobillarni sotiş va sotuvdan keyin xizmat körsatiş jarayonida axborot va kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalaniş talab etiladi. Şuningdek, avtomobil modelining muntazam yangilanib borişi natijasida avtomobil servisidan yangi turdagi xizmat körsatiş işlariga tezkor moslaşuvçanlik qobiliyatini talab qiladi. Uşbu omillarni inobatga olgan holda, UzAuto Motors AJ vakillari Ozarbayjonga işçi taşrif bilan bordi.
Işçi taşrif davomida UzAuto Motors AJ Sotuvdan keyingi xizmat körsatiş direksiyasi xodimlari tomonidan diler va distribyuterlar uçun mijozlarga sifatli xizmat körsatiş hamda samarali savdoni yölga qöyişga yordam beruvçi seminar-trening maşğulotlari ötkazildi.
Trening davomida distribyutorlik kompaniyasi vakillari uçun GM (Global Connct) Global tizimi töğrisida, xususan Global kafolat boşqaruvi (GWM), Ehtiyot qismlar elektron katalogi (EPC), Texnik ma’lumotlar va diagnostika tizimi (GSI) töğrisida batafsil ma’lumot beradigan taqdimotlar ötkazildi. Şuningdek, içki bozordagi dilerlarning faoliyati, kompaniya texnik markazi faoliyati, iste’molçilarga kafolatli xizmat körsatiş jarayonlari bilan yaqindan taniştiriş böyiça tuşuntirişlar olib borildi.
“Kompaniya vakillari va dilerlik korxonalar örtasida mijozlarga xizmat körsatişni yuqori darajada ta’minlaş uçun bunday uçraşuvlar muntazam ravişda ötkazib boriladi. Bu tendensiyaga aylanib ulgurdi. Yil avvalida, bunday treningni Qozoğistondagi hamkasblar bilan amalga oşirgandik. Bunday islohotlarning natijasi ölaroq, mutaxassisga malaka oşiriş bilan bir qatorda, tajriba va könikmani almaşişga imkon beradi.”– deydi UzAuto Motors Sotuvdan keyingi xizmat körsatiş direksiyasi direktori Nodira Xodjimatova.
Öquv-maşğulotlar sönggida loyiha mualliflari iştirokçilarga sertifikatlar topşirişdi.