Toşkent şahridagi Turin politexnika universitei talabalarni kutib olişga tayyor. 2023/2024-öquv yilini yuqori kayfiyatda, munosib kutib oliş maqsadida barça öquv binolari, ma’ruza zallari ixtisoslaştirilgan laboratoriyalar, texnopark, metrologiya markazi, axborot-resurs markazi, sport kompleksi tayyor holatga keltirildi.
Universitetda “Maşinasozlik texnologiyasi”, “Kompyuter injiniring”, “Sanoatda xöjalik qurilişi va arxitektura”, “Aerokosmik muhandisligi”, “Dasturlaş muhandisligi”, “Arxitektura va dizayn”, “Biznes boşqaruvi – menejment” yönalişlar böyiça 2000 ga yaqin talaba tahsil olib, 2022/2023-öquv yilida universitetni 250 ga yaqin bitiruvçi tamomladi.
Universitetda 100 dan ortiq professor-öqituvçilar faoliyat yuritib, ularning 40% xorijiy, 60% mahalliy professor-öqituvçilar hisoblanadi. Öquv jarayoni Kredit töplaş va köçirişning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) böyiça töliq ingliz tilida amalga oşiriladi.