Avval xabar berilganidek, UzAuto Motors kompaniyasi kadrlar salohiyatini oşiriş yölida bir neçta oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yölga qöymoqda. Kuni keça, Toşkent şahridagi Toşkent Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) hamda Turin Politexnika universitetlarida “Business Week” taşkil etilgan haftalik doirasida “Uzavtosanoat” AJ mas’ul vakillari va “UzAuto Motors” AJ Boş direktori Bo Inge Andersson öz jamoasi bilan iştirok etdi.
Talabalar bilan uçraşuv davomida Bo Andersson öz professional martaba yöli, kompaniyadagi boşqaruv uslubi, amalga oşirgan loyihalar, şuningdek xodimlar uçun taqdim etilgan kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari va boşqa köp ma’lumotlar töğrisida taqdimot ötkazdi. Ma’ruza asosida tayyorlangan taqdimot materialida avtomobilsozlik sanoati töğrisidagi dolzarb fikrlar, ustuvor yönalişlar, tahlillar, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati töğrisida tasavvur doirasini kengaytirişga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalarning mazmun-mohiyati haqida söz yuritildi.
Şuningdek, kompaniyada xodimlar uçun yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar töğrisida ma’lumot berib ötildi. Köplab talabalar kompaniya faoliyatiga qiziqiş bildirib, sarmoyaviy imkoniyatlarga oid köplab savollar berişdi.
Uçraşuv sönggida iştirokçilar UzAuto Motors korxonasi faoliyati töğrisida batafsil tasavvurga ega bölişdi, kompaniya boş direktori şaxsan Bo Andersson özi faol qatnaşgan talabalarni e’tirof etgan holda, ularga esdalik sovğalarini topşirdi.
Şu bilan birga, Toşkent şahridagi universitetlarda ötkazilgan taqdimotlarga parallel ravişda “UzAuto Akademiyasi” boşqarmasi boşliği Baxtiyor Uraimov boşçiligidagi işçi guruh Andijon şahridagi Andijon Maşinasozlik instituti hamda Farğonadagi Farğona Politexnika instituti talabalari bilan biznes uçraşuvlar ötkazdi.