Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillari haqida bila turib yolğon yoki haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlarning tarqatiliş holatlarini tez-tez uçratmoqdamiz.
Keça detailing markazining Instagram’dagi sahifalaridan birida “Salondan Gentra olganlar “Airbag”ni tekşirib köringlar, Airbag yöq ekan” deb nomlangan video çiqdi va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Uzauto Motors uşbu videoni e’tiborsiz qoldirolmadi. Çunki sifat nazorati tizimi bunga umuman yöl qöymaydi.
Örganişlar jarayonida haqiqatdan ham deyarli yangi bölgan avtomobil egasi YTH iştirokçisi bölganligi, buning natijasida esa xavfsizlik yostiqçasi işlab ketganligi aniqlandi.
Video muallifi holatga batafsil oydinlik kiritilgandan söng, vaziyatni töliq bilmagan holda notöğri ma’lumot berganligini tan olib öz murojaatini yozdi.
UzAuto Motors kompaniyasi video muallifiga tezkor javob uçun samimiy minnatdorçilik bildiradi va Chevrolet avtomobillari bilan boğliq muammolarni yoritişni xohlovçilarning xolis bölişiga umid qiladi.
UzAuto Motors bunday yolğon xabarlar tarqalayotganiga tez-tez guvoh bölmoqda. Uşbu haftaning özida kompaniya ikki marta yolğon xabarlarga munosabat bildirişga majbur böldi. Göyoki uzilib tuşgan damas eşigi bilan boğliq holat obunaçilarni ataylab yöldan ozdirgan eng aniq keys edi. https://t.me/uzauto_official/2028
Hurmatli xaridorlar, internetda tarqatilayotgan har qanday tasdiqlanmagan ma'lumotlarga işonmasligingizni söraymiz!
Şuningdek, tuhmat, bila turib yolğon hamda uydirmalarni tarqatganlik uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 40-moddasida közda tutilgan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 60 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi hamda şunday harakatlar uçun ma’muriy jazo qöllanilişini eslatib ötmoqçimiz.
“UzAuto Motors” kompaniyasi har qanday holatda xaridorlari va mijozlari bilan konstruktiv muloqotda bölişga tayyorligini ma’lum qiladi.