Chevrolet Malibu: mavzusi qiziqarli, ammo xulosala...
Keça maşhur OAVdan birida yana avtomobil importi mavzusi kötarildi. Navbat Chevrolet Malibuga yetib keldi, şunda muallif yo börttirilgan sensatsiya ortidan şoşgani uçunmi, yoki faktlarni buzib körsatişdan iştiyoqlanib ketganidanmi, juda ham hayratlanarli xulosalarga keldi. Nima bölsa ham, keling, tafsilotlarga ötsak.
Malibu mahalliy bozorda 2018-yildan beri mavjud bölib, özining yaqqol maşhurligiga qaramay, biznes-klassdagi avtomobillarga bölgan talab çeklanganligi sababli öşa paytdan beri 14 500 avtomobil sotilgan. Barçaga şu ayonki, yiliga 2900 dona mahsulotni sotiş uçun heç kim töliq işlab çiqarişni taşkil etmaydi, çunki bu holda uning narxi osmonga sakrab ketadi. Albatta, uşbu sedanlarni Janubiy Koreyadan olib kelişga qaror qilingan va bu heç qaçon OAVdan ham, iste’molçilardan ham yaşirilmagan.
Jurnalist uşbu avtomobil modelining Janubiy Koreyadagi narxini Internetda qança vaqt qidirgani noma’lum, ammo oxir-oqibat distribyutorning narx soliqlarsiz sof şaklda körsatilgan marketing hiylasiga duç kelgan. Ya’ni, maşinaning nazariy narxi, agar qöşimça va muqarrar tölovlar bölmagan taqdirdagi narxi. Axir, QQS va boşqa majburiy tölovlardan söng, narxi 23 500 AQŞ dollari bölgan avtomobil xaridorga qariyb 30 000 dollarga tuşadi. Lekin bunday vaziyatda “UzAuto Motors”ga heç qanday da’vo qila olmasligi sababli muallif $23 500 Koreyadagi Malibuning oddiy narxi deb körsatişni ma’qul körgan. Unçalik ham rost gap emas, lekin işonuvçan öquvçining e’tiborini tortadi.
Lekin, muallifga qoyil qoliş mumkin: u hatto Malibu importining marjinalligini hisoblaşga harakat qilgan, lekin negadir u yetkazib beruvçining xarajatlari logistika xarajatlari bilan çeklanadi deb öylagan. Aftidan, uning fikrlarida QQS va utilizatsiya tölovlarini “UzAuto Motors” örniga qandaydir boşqa va öta saxovatli taşkilot tölaydi şekilli. Bundan taşqari, mahalliy avtogigantning vakillari qimmatbaho avtomobillarni sotişdan olingan daromad arzonroq modellarini işlab çiqariş xarajatlarini qisman qoplaşi va ular uçun narxlarning ösişini uşlab turişini ilgari bir neça bor tuşuntirişgan. Şuningdek, “UzAuto Motors” narxlari faqat kompaniya rahbariyatining xohiş-irodasi emas, balki amaldagi qonunçilikka qat’iy muvofiq va vakolatli organlar nazorati ostida tartibga solinadi va tasdiqlanadi.
Komponentlar importiga kelsak, şuni tuşuniş kerakki, avtomobil işlab çiqariş jarayoni eng yuqori texnologiyali va qimmatga tuşadi va zarur xomaşyo mavjud bölganida ma’lum bir ehtiyot qismlarni işlab çiqariş maqsadga muvofiqligi uçun katta talabni kafolatlaş kerak. Aytgança, dunyoda öz avtomobillarini 100% mahalliylaştirişni ta'minlaydigan bironta ham işlab çiqaruvçi yöq. Bu ham mayli, sayyorada nafaqat avtomobil, balki boşqa elektron jihozlarning barça işlab çiqaruvçilari uçun mahsulotlarni taqdim etuvçi mikroçiplar işlab çiqaruvçilarning soni 6 tadan oşmaydi.
Bundan taşqari, “UzAuto Motors” Özbekistonda talab qilinadigan standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda avtomobil butlovçi qismlarini işlab çiqarişni taşkil etiş istagida bölgan xususiy biznes vakillarini har tomonlama qutlaydi. Ammo, afsuski, bunday mahsulotlarning qimmatligi va yuqori texnologiyali işlab çiqarilişi hisobga olinsa, xususiy sektor bu yönalişda u qadar faol emas. Har holda, bunday istakdagi vakillarning navbat poylab turişgani ufqda körinmayapti.
Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi tahliliga kelsak, unda maqola muallifi sönggi 20 yil davomida importning umumiy tarkibida avtomobillar va muhandislik jihozlarining uluşi 35-40 foiz darajasida saqlanib qolganini körsatmoqda, afsuski, bu faqat taajjublantiradi.
Gap şundaki, maqolada keltirilgan jadvalda “Maşinalar va uskunalar” bandi maşinaviy uskunalar va asboblardir. Uşbu ajoyib jadvalning heç bir satrining avtomobillar bilan heç qanday aloqasi yöq, bu, albatta, barça xulosalarni mutlaqo notöğri qiladi.