Biz yaşil makon tarafdorimiz: UzAuto Arnasoy muhof...
103 gektar yer maydonda sönggi 5 oy içida mahalliy iqlim şaroitiga mos keluvçi 60 mingdan ortiq daraxt köçatlari – bular yapon soforasi, katalpa, palovniya, qarağay, kul, çinor va şu kabi manzarali tup daraxt köçatlari ekildi.
Mazkur loyiha Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan respublika miqyosida ötkazilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida, şuningdek Aydar-Arnasoy köllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanişni ta’minlaş va turizmni rivojlantiriş davlat dasturi asosida amalga oşirilmoqda.
Şu alohida ta’kidlaş joizki, boşqa taşkilotlarning kökalamzorlaştiriş dasturini amalga oşiriş uçun olib borilgan örganiş işlari natijasida tarqoq tomorqalarda ekilgan köçatlar katta ehtimol bilan qarovsiz qolib ketib, nobud bölişi aniqlandi. Suğoriş tizimi va doimiy parvarişlaş bilan markazlaştirilgan boğning barpo etilişi ekologiyani yaxşilaş muammosining eng samarali va aniq yeçimidir.
Aydar-Arnasoy tizimining köllari qirğoğida joylaşgan sun’iy örmon parki dam oliş kunlarida mahalliy aholi tabiat qöynida hordiq oladigan jozibali turistik maskan böladi. Keyinçalik park hududi obodonlaştirilgan plyaj, sport maydonçalari va boşqa inşoot obyektlari bilan töldiriladi, bu esa, uni şubhasiz, faol dam oliş uçun maşur maskanga aylantirib, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxşilaş imkonini beradi. Bundan taşqari, davlat-xususiy şeriklik doirasida kompleksning dam oliş infratuzilmasini yaxşilaş uçun qöşimça şaroitlar yaratiladi.
Yaratilgan örmon parki yaqin atrofdagi aholi punktlarida yaşovçi aholi uçun doimiy iş örinlari yaratiş imkonini berdi. Kelgusida yoş daraxtlarni parvariş qiliş maqsadida kökalamzorlaştiriş mutaxassislari tomonidan daraxtlarni suğoriş, parvarişlaş böyiça muntazam işlar olib borilmoqda.
Şuningdek, hududni 24 soatlik qöriqlaş tizimi taşkil etilgan bölib, parkni çorva hayvonlari va buzğunçilikdan himoya qiladi. Bundan taşqari, Jizzax viloyatining qurğoqçil zonasida oazis yaratadigan tomçilatib suğoriş böyiça jihozlaş işlari boşlandi. Natijada bugun, köçatlar ekilganidan 5 oy ötgaç, qişdan omon qolgani va tez orada Aydarköl yaqinida yam-yaşil hudud barpo etilib, bu sölim göşalarni yanada obod bölayotganiga guvoh bölmoqdamiz.