
“UzAuto Motors”ning dilerlik markazlari Chevrolet Onix avtomobillari uçun şartnoma tuzişni faol olib bormoqda. Yilning eng kutilgan avtomobili birinçi daqiqalardanoq xaridorlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Kontraktatsiya boşlangan vaqtdan buyon dilerlik markazlari yuqori talab bölişiga qaramay barça xohlovçilarga heç qanday uzlişlarsiz şartnoma berişni ta’minlamoqda. Bundan taşqari, UzAvtoSavdo mobil ilovasi orqali uydan çiqmagan holda online tarzda şartnoma tuzişingiz mumkin.
Şuningdek, şartnomalarning köp tuzilganligiga qaramay, amaliyot şuni körsatadiki, 60 foizgaça tuzilgan şartnomalarning tölovlari vaqtida amalga oşirilmaganligi sababli bekor qilinadi. Natijada, 7 kundan söng, tölangan şartnomalar soni sezilarli darajada kamayib, Chevrolet Onix yetkazib beriş muddati qisqarişi kutilmoqda.
