Yurtimizda mahalliylaştiriş Dasturi doirasida kem qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. “Özavtosanoat” AK tizimida faoliyat yuritayotgan işlab çiqariş korxonalarining soni oşib borayotgani esa yurtimiz avtomobilsozlik sohasida bu borada olib borilayotgan işlarning amaliy tasdiğidir. Kompaniya tizimidagi asosiy işlab çiqariş korxonalaridan biri bölgan” GM Uzbekistan” avtomobil zavodiga yengil avtomobillar uçun butlovçi qismlarning aksariyati bugun yurtimizning turli viloyatlarida faoliyat yuritayotgan qöşma va mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib berilmoqda. Ötgan 2015 yilda Farğonadagi “Avtooyna” MÇJ tomonidan “Nexia” avtomobili uçun 16 ming, “Lacetti” avtomobili uçun 38 ming, “Kobalt” avtomobili uçun 19 ming, “Spark” avtomobili uçun 25 ming jamlamdan ortiq avtomobil oynalari yetkazib berilgan. Şuningdek korxona “Xorazmavto” işlab çiqariş korxonasiga ham “Damas” avtomobili uçun 26 mingdan ortiq oynalar jamlamini yetkazib beriş bilan birga yurtimizdagi ikkilamçi bozorlarni sifatli avtomobil oynalari bilan ta'minlaydi.