Bugun "Özavtosanoat" AJ oldida kompaniya faoliyati samaradorligini yuqoriga kötariş, yengil avtomobillar va tijorat texnikalarini işlab çiqariş sohasida işonçli mahsulotlar hamda xizmat turlarini yaratiş, rentabellikni oşiriş, şuningdek, işlab çiqariş sohasida kadrlar salohiyatini yuksaltiriş kabi muhim vazifalar turibdi.
Bugungi kunda "Özavtosanoat" AJ 60ga yaqin korxonalarni özida jamlagan, şuningdek, 30 ming nafar xodim faoliyat yurituvçi Özbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Asosiy körsatkiçlar
Birinçi yarim yillikda "Özavtosanoat" AJ tizimida yangi loyihalarning amalga oşirilişi hisobiga 3 000 ta yangi işçi örni yaratildi. Işlab çiqariş hajmining oşirilişi yengil avtomobillar böyiça qarzdorlikni 2 barobarga qisqartiriş imkonini bergan bölsa, davlat byudjetiga tölanadigan soliq tölovlari miqdori 3,4 trillion sömga yetkazildi.
Eksport hajmining oşirilişi mamlakatga valyuta tuşumini keltiruvçi asosiy omil ekanligini anglagan holda, "Özavtosanoat" tizim korxonalari tomonidan 307,3 million dollar miqdoridagi yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar eksport qilindi, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 40%ga oşganini anglatadi. Qolaversa, 2023-yilning birinçi yarmida importni qisqartiriş dasturining amalga oşirilişi natijasida import 71,7 million dollarga qisqardi.
Işlab çiqariş faoliyati
2023 yilning I yarmida Kompaniya tarmoq korxonalari tomonidan 25,2 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilgan bölib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 13%dan köp. Uşbu davr mobaynida 160 ming dona yengil avtomobillar, 1,2 ming dona avtobus va yuk avtomobillari, 1,3 ming dona qişloq xöjaligi texnikalari hamda 105 ming dona dvigatellar işlab çiqariş liniyalaridan çiqarildi.
Rekordlar
"Özavtosanoat" jamoasining samarali mehnati natijasida 2023-yilning I yarmida quyidagi rekord raqamlarning örnatilişiga erişildi.
Asaka va Pitnakdagi "UzAuto Motors" zavodlarida oyiga 39 040 dona avtomobil işlab çiqarildi.
Asakadagi "UzAuto Motors" zavodida oyiga 29 900 dona hamda kuniga 1,7 ming dona avtomobil işlab çiqarişga erişildi.
Pitnakdagi "UzAuto Motors" zavodida oyiga 11 250 dona hamda kuniga 450 dona avtomobil işlab çiqarildi.
BYD bilan hamkorlik
Joriy yilning may oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yurtimizda elektromobillar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “BYD Uzbekistan Factory” zavodi qurilişiga start berdi. Bu Xitoyning elekromobil işlab çiqariş böyiça jahon yetakçisining Xitoydan taşqaridagi birinçi qöşma korxonasi hisoblanib, Özbekiston avtomobilsozligi yutuqlari hamda mamlakatimizning iqtisodiy jozibadorligi sabab bunday imkoniyatga yöl oçildi.
"Jizzakh Auto" zavodi negizida taşkil etilgan "BYD Uzbekistan Factory" zavodi birinçi bosqiçda yiliga 50 mingdan ortiq NEV rusumidagi BYD Çazor va Song Plus modellarini işlab çiqariş quvvatiga ega uskunalar bilan jihozlanadi. Kelgusida ularni töliq tsiklda işlab çiqariş bazasi (CKD: ştamplaş, payvandlaş, böyaş, yiğiş) yölga qöyiladi. Bu öz örnida, korxonada 2 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratiş imkonini beradi.
"UzAuto Motors Powertrain" zavodida yangi mexanik işlov beriş liniyasi
Iyul oyida "Özavtosanoat"AJ tarkibiy korxonasi hisoblangan "UzAuto Motors Powertrain" zavodida Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini işlab çiqarişda foydalaniladigan yangi avlod CSS Prime dvigatellarining Machining head va Silindr bloklari liniyalarni işga tuşirdi.
Işlov beriş liniyasining işga tuşirilişi CSS Prime dvigatellarining mahalliylaştiriş darajasini oşirilişiga, şuningdek, komponentlarni töğridan töğri yiğuv liniyasiga yetkazib beriş orqali sifatning ham ortişiga sabab böladi. Kelgusida dvigatellarning mahalliylaştiriş darajasini yanada oşiriş maqsadida Silindr bloki va Machining head yuqori bosimda işlab çiqaruvçi quyuv sexini işga tuşiriş rejalaştirilgan. Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabr oyida CSS Prime dvigatellarini işlab çiqariş liniyasi işga tuşirilişgaç, zavodning yillik işlab çiqariş quvvati 415 ming donaga yetdi.