Endi şahrimiz köçalarida özimizning Chevrolet Trac...
“UzAuto Motors” AJ zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni özida mujassam etgan ixçam krossover Chevrolet Tracker avtomobilini yetkazib berişni boşladi.
Keça, 5 sentabr kuni eng ilğor xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan Chevrolet Tracker modelining egalariga avtomobilning kalitlari topşirildi.
Eslatib ötamiz, 30 avgust kuni Chevrolet Tracker avtomobilini sotib oliş uçun şartnoma tuziş boşlangandi.
E’tiborlisi, avtomobillarga şartnoma tuziş boşlangan birinçi kunning özidayoq, avtosalonlarda bir neça soat içida yangi modelni xarid qiliş istagini bildirgan xaridorlar tomonidan 1.5 mingdan ortiq avtomobil uçun şartnoma imzolangan. Sotuv boşlangan birinçi kunning özida jami 7 471 dona avtomobil uçun şartnoma tuzilgandi.
Özgaça dizayn va zamonaviy opsiyalar hamda yuqori xavfsizlik texnologiyalariga ega bölgan uşbu avtomobil modeli yurtimiz avtomobilsozlik sanoati rivojlanişida oldinga taşlangan yana bir ulkan muvaffaqiyatli qadam böldi.