2025-yil 13-mart kuni Andijon Texnika Universiteti va “AUTO RUBBER” MÇJ örtasida dual ta’lim tizimini joriy etiş böyiça hamkorlik şartnomasi imzolandi! Uşbu kelişuv ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi hamda malakali kadrlar tayyorlaşga katta hissa qöşadi.
Dual ta’lim – bu öqiş va işni uyğunlaştirgan zamonaviy tizim bölib, talabalarga nafaqat nazariy bilim oliş, balki real işlab çiqariş jarayonida amaliy tajriba orttiriş imkonini beradi.
Universitet rahbariyati “AUTO RUBBER” MÇJ rahbariyatiga yillar davomida samarali hamkorlik va qöllab-quvvatlaganligi uçun taşakkurnoma topşirdi. Bu esa ikki tomonlama hamkorlikning yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Uşbu taşabbus zamonaviy mehnat bozorining talablariga javob beradigan, yetuk va raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaşga xizmat qiladi.