Chevrolet uçun asl ehtiyot qismlar ham endi “Uzum...
«UzAuto Motors» kompaniyasi “Uzum Market” marketpleysining rasmiy hamkoriga aylandi. Gap şundaki, endilikda hamyurtlarimiz avtomobillar uçun asl ehtiyot qismlarni işlab çiqaruvçidan onlayn tarzda, bir kunda yetkazib beriş şarti bilan buyurtma beriş orqali xarid qilişlari mumkin.
Platformada asl moylar, filtrlar, tormoz kolodkalari va boşqa köplab turdagi mahsulotlar taqdim etilgan. Chevrolet brendi ostidagi avtomobillar egalari rejali texnik xizmat uçun barça kerakli aşyolarni qulay va tez xarid qila olişlari uçun UzAuto Motors kompaniyasi Uzum Marketdagi mahsulotlar sonini muntazam oşirib borişni rejalaştirgan.
Uzum Marketdan qilingan buyurtmalarni qölga kiritiş maqsadida taşkil etilgan maxsus tarqatiş punktlar yoki yetkazib beriş xizmatidan Respublika böylab 29ta şahar aholisi foydalanişi mumkin. Keyingi yil yakuniga qadar, marketpleys öz faoliyati geografiyasini butun mamlakat böylab 63ta aholi punktiga kengaytiradi – bu avtomobil egalarining öz avtomobillari uçun barça kerakli aşyolarni qulay va oson tarzda topişlari, muhimi, tez xarid qilişlari mumkinligini anglatadi.
"UzAuto Motors uçun marketpleys bilan hamkorlik qiliş – bu avtohavaskorlar uçun avtomobildan foydalanişda qulaylik yaratişning qöşimça imkoniyatidir",- deydi “UzAuto Motors” AJ taşqi va içki bozorlarda ehtiyot qismlarni sotiş böyiça direktori Konstantin Bayşev. – "Aminmizki, avtomobilga xizmat körsatiş uçun sifati kafolatlangan avtomobil mahsulotlari avtoulovdan foydalaniş muddatini uzaytiriş bilan bir qatorda, xizmat körsatişga sarflanadigan vaqt va mablağlarni ham sezilarli tejaş imkonini beradi."
"UzAuto Motors mahsulotlarini Uzum Marketda sotib olişning eng asosiy afzalligi – bu ularning aslligi va sifatining kafolati, şuningdek ehtiyot qismlar bozori yoki dökoniga borişga ketadigan vaqtning tejalişidir,- deya qayd etadi Uzum Market boş direktorining örinbosari Akmal Rahimov." – "Şu bilan birga, avto uçun tovarlardan taşqari, bizda boşqa qator mahsulotlar – uy uçun tovarlardan boşlab liboslar, elektronika va maişiy kimyogaça xarid qiliş mumkin. Yil oxiriga qadar, ham UzAuto Motors kabi yirik brendlarni, ham kiçik biznes va xususiy tadbirkorlarni jalb qilib, assortimentni 800 ming noyob tovar nomigaça kengaytirişni rejalaştirganmiz."
Bugungi kunda Uzum Marketdan butun mamlakat böylab 2000dan ortiq tadbirkorlarning 250 mingdan ortiq noyob mahsulotlari örin olgan.