"Dala kuni" Uz CLAAS Agro bilan: CLAAS kombaynlari...
Toşkent viloyati dalalarida Respeblikamizaning turli viloyatlaridan kelgan fermerlar va klasterlarga zamonaviy, yangi qişloq xöjaligi texnikalari bilan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar. DOMINATOR 370 ğalla öriş kombaynining makkajöxori örim-yiğimida CORIO 670 jatkasi bilan işlaşi mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Şuningdek, iştirokçilar ARION 630S traktori, MARKANT 650 toylab ziçlagiçi va CORIO 570S makkajöxori jatkasi töğrisida ham iştirokçilar xorijlik mehmonlardan batafsil ma'lumot oliş imkoniyatiga ega böldilar. Mazkur tadbir taşkilotçisi "AgroTech Klaster" tarkibiga kiruvçi "Uz CLAAS Agro" MÇJ hisoblanadi.
"Mazkur tadbir Respublikamiz fermerlariga ma'qul böldi. Boisi, taşrif buyurgan fermerlar va klasterlar yevropaning eng sönggi va zamonaviy texnikalari bilan jonli tarzda tanişiş hamda ularni dala maydonida sinovdan ötkaziş imkoniyatiga ega böldilar. Ayniqsa, çorvaçilik va baliqçiliq tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlaş, qolaversa, boşoqli don ekinlari hosildorligini oşirişda bugun taqdim etilgan texnikalar muhim ahamiyat kasb etadi." - dedi "UZ CLAAS AGRO" MÇJ marketing, sotuv va servis böyiça direktori Ahmad Mirsaidov.
Tadbir davomida iştirokçilar uçun taqdim etilgan texnikalarning test-drayvlari taşkil etilib, unda CORIO 670 traktorining işlaş jarayoni dala şaroitida sinovdan ötkazildi.