Toşkentdagi Turin politexnika universitetida “Kary...
Toşkentdagi Turin politexnika universitetida allaqaçon an'anaga aylangan navbatdagi karyera kuni ötkazildi. Bunday tadbir universitet bitiruvçilarini yirik iş beruvçilar bilan taniştiriş maqsadida har yili ötkaziladi. Unda korxona va taşkilotlar vakillari universitet bitiruvçilari bilan dastlabki suhbatni ötkazişadi va ularni işga taklif qilişadi. Bu yilgi tadbirda «Özavtosanoat» AK, va «General Motors Powertrain-Uzbekistan», «UzEraeAlternator», «Uz Hanvoo», «Uz Chasys» qöşma korxonalari, hamda «UzAuto Trailer», «Orient Concept» mas'uliyati çeklangan jamiyatlari, «Özenergosozlaş», «Toşkent issiqlik elektr stansiyasi» unitar korxonalari kabi yirik mahalliy taşkilot va birlaşmalar vakillari iştirok etişdi. Tadbir davomida köplab bitiruvçilar özlari xohlagan taşkilot va korxonalarda iş faoliyatini boşlaşi uçun dastlabki suhbatlardan muvaffaqiyatli ötişdi.