2026-yil 15-oktyabr kuni “BYD Uzbekistan factory” QK MChJda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun press-tur hamda matbuot anjumani tashkil etiladi. Mazkur tadbir doirasida ishtirokchilar zavod faoliyati bilan yaqindan tanishish, korxonaning so‘nggi yangiliklari haqida ma’lumot olish hamda zavod vakillari bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Barcha ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz! Manzil: Jizzax viloyati, “BYD Uzbekistan factory” QK MChJ binosi.