2020 yil 16 oktyabr, Toşkent. “UzAuto Motors” AJ avtomobil işlab çiqaruvçisi va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi örtasidagi sud atrofida röy berayotgan ommaviy bahs-munozaraning konstruktiv özanga tuşişiga umid qiladi. Kompaniya uçinçi şaxslarning ziddiyat ruhidagi çaqiriqlarini mutlaqo nomaqbul deb hisoblaydi, zero gap ikkita taşkilot örtasidagi madaniyat va özaro hurmatga asoslangan muloqot haqida bormoqda.
“UzAuto Motors” AJ yuridik boşqaruvi rahbari Rustam Şaymardonov bayonot berdi:
“Bugun MQKQ maxsus komissiyasining qarorini bekor deb tan oliş töğrisidagi kompaniyamiz daʼvosi böyiça sudning uçinçi majlisi ötkazildi. Tinglovlar javobgarning argumentlari zaif ekanligini tasdiqladi va bu kutilgan holat edi. Biz uçun kutilmagan hol esa, jarayonga, körinişidan reyting töplaş va jamoatçilik kayfiyatini sunʼiy ravişda buzişga urinayotgan partiya faollarining navbatdagi ommaviy aralaşuvi böldi.
Deputat Kuşerbayev öz intervyusida uning UzAuto Motorsga qarşi kuraşidan maqsad avtomobillar importiga qöyilgan bojxona tölovlarini pasaytiriş ekanligini eʼlon qildi. Ehtimol, bu hurmatli Rasul Xidiraliyeviçni hayron qoldirar, lekin bojxona tölovlari stavkasini aslo bizning kompaniyamiz belgilamaydi. Aksinça – 2018 yilda yangilangan kompaniya rahbariyati ötgan muddat davomida korxonaning bu omilga boğliqligini bartaraf etiş uçun qöldan kelgan barça çoralarni kördi. Ikki yildan ziyodroq vaqt davomida turli xil imtiyozlar, preferensiyalardan voz keçiş, şuningdek işlab çiqariş samaradorligini oşiriş böyiça işlar amalga oşirilmoqda. Balki bugungi yangilik ham bizning bardavom opponentimiz eʼtiboridan çetda qolmagandir: 2019 yilda UzAuto Motorsning sof foydasi 2,6 trillion sömga yetdi. Holbuki, 2016 – 2017 yillarda gap 4,8 trillion söm zarar haqida borardi. Biroq, deputat Kuşerbayev va uning ayrim hamkasblari, yaqqol faktlarni inkor qilib, zavodga davlat tomonidan berilayotgan afsonaviy subsidiyalar haqida taʼkidlaydilar. Voqelik butkul özgaça: UzAuto Motors ğaznaga trillionlab soliq-u dividendlar tölaydi, respublikadagi eng yirik soliq tölovçilaridan biri sanaladi. Hatto karantin davrida, köplab taşkilotlar davlatdan yordam söragan bir paytda, biz byudjetdan bir tiyin ham olmadik, şuningdek har bir işçi örnini saqlab qoldik. Nima bölganda ham, bojxona bojlari stavkasi – bu kompaniyamiz jamoasining emas, balki parlament aʼzolarining işlaridir, şu sababli deputatning alangali daʼvolari avvalo özlariga qaratilişi lozim.
Keyin Rasul Xidiraliyeviç kompaniyamiz “har qanday işga taʼsir körsatiş uçun yetarliça kuçli” deya eʼlon qildi. Agar gap bizda dalillar bazasi kuçliligi va yuridik mavqeimiz ham puxtaroq ekanligi haqida bölsa, biz buni kutilmagan, lekin yoqimli maqtov ölaroq qabul qilamiz. Ammo deputat öz sözlariga özgaça, lobbizm va sud jarayonlari iştirokçilari örtasidagi noqonuniy munosabatlarga daxldor maʼno berayotgan bölsa, men u insonga fikrlarini aniqroq ifodalaşni tavsiya qilardim, toki har bir söziga huquqiy jihatdan qatʼiy baho beriş imkoni bölsin.
Intervyuda yana aytilganki, “kompaniya asossiz ravişda narxlarni oşirgan”. Vaholanki, hozirgi ommaviy munozara jarayoni butunligiça uşbu daʼvoning bahsli ekanligi atrofida qurilmaganmi? Hurmatli sud uni tasdiqlaş yoki rad etişga intilmayaptimi? Şunday ekan, sud qarori çiqquniga qadar öz tasavvurlarini haqiqat deya taqdim etiş qançalik töğri? Boz ustiga, kimlardir buni oliy qonunçilik hokimiyati vakilining sud hokimiyatiga bosim ötkazişga urinişi deb tuşunişi mumkin.
Butun intervyuning leytmotivi deputat “UzAuto Motorsga qarşi kuraşda töxtaş niyatida emasligi”ni eʼlon qilişdan iborat. Bu holda, bosma, elektron OAV va telekanallar katta qiziqiş bildirgan birinçi sud majlisiga kelgan Rasul Xidiraliyeviçning keyingi tinglovlarga mutlaqo taşrif buyurmaganligi hayratlanarlidir. Zero, jarayonni öz közi bilan körganda, u ayrim tasavvurlarini özgartirgan bölarmidi.