Fransuz avtomobillari "UzChasys" özbek faralari bi...
“Özavtosanoat” AJ tuzilmaviy korxonasi Namanganda avtomobil faralarini işlab çiqaruvçi “UzChasys” kompaniyasi Fransiyaning Stellantis kompaniyasiga qaraşli Peugeot Partner avtomobillariga faralar yetkazib berişni boşladi.
Şunday qilib, kompaniya öz mahsulotlarini yetkazib beriş geografiyasini endilikda Fransiya bilan kengaytirdi. Kuni keça 23-iyun kuni avtomobil faralarining birinçi partiyasi Fransiyaga yuborildi.
Ta’kidlaş joizki, 2021 yil davomida kompaniya umumiy daromadlarining qariyb uçdan bir qismi eksportga töğri kelgan, bu esa qariyb 8,5 million dollarni taşkil etadi.
“UzChasys” MÇJ QK – Markaziy Osiyodagi avtomobil faralarini işlab çiqaruvçi eng yirik korxona hisoblanadi. U Uzauto Motors (Özbekiston), Renault-Avtovaz (Rossiya) va PCMA Rus (Rossiya) konveyerlariga mahsulot yetkazib beradi. Korxona Chevrolet, Lada, Niva va Peugeot brendlari uçun faralar işlab çiqaradi.
Korxona 2009-yilda Namangan viloyatida taşkil etilgan. Bugungi kun böyiça xodimlar soni 638 kişini taşkil etadi.
Stellantis – 2021-yilda Fiat Chrysler Automobiles PSA Groupni birlaşişi natijasida yaratilgan global xolding kompaniyasi hisoblanadi. U Fiat, Chrysler, Peugeot, Citroen, Opel, Jeep, Maserati, Alfa Romeo va boşqa bir qança brendlarga egalik qiladi.