General Motors Powertrain Uzbekistan - tabiat muho...
«General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi işçilari Toşkent viloyati tabiatni muhofaza qiliş qömitasi bilan hamkorlikda Zangiota Agrosanoat kasb-hunar kollejida ötkazilgan ekologik tadbirda iştirok etişdi. Öquvçilar uçun atrof-muhitni muhofaza qilişga yönaltirilgan ta'lim dasturi iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir doirasida 20 dan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ötqazildi. Şundan söng kollej talabalari kompaniyaning işlab çiqariş va ekologik faoliyati bilan yaqindan tanişişdi. Tadbir talabalarni atrof muhit muhofaza qiliş, kasb-hunar kolleji hududini kökalamzorlaştirişga öz hissasini qöşişga çorlaşi bilan ahamiyatli böldi.
Bundan taşqari, «General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi biologik xilma-xillik öyiça loyihani qöllab-quvvatlaş doirasida Toşkent xalqaro maktabi öquvçilariga ham öz eşiklarini oçdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ösib kelayotgan yoş avlodni kompaniyaning tabiatni muhofaza qiliş böyiça amalga oşirayotgan işlari, xususan mahalliy daraxtlar landşafti va quşlarni asraş bilan yaqindan taniştirişdan iborat. Şuningdek, öquvçilar zavodning yiğuv sexi faoliyati bilan ham taniştirildi, yoş bolalar bilan hamkorlikda mevali daraxtlar ötqazildi. Bundan taşqari mehmonlar sport musobaqalarida ham iştirok etişdi.