Mamlakatimizda GM uçun dunyo böyiça butlovçi qismlarni yetkazib beruvçilarga «GM Supplier Quality Excellence 2015» mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi.
«GM Operations Uzbekistan» ning Prezidenti va boşqaruvçi direktori Xektor Villarreal, yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifatini oşiriş va nazorat qiliş böyiça GM International ning mintaqadagi direktori Djeuel Şi hamda rahbariyat vakillari 10 dan ortiq mukofotlarni topşiriş uçun «GM Uzbekistan» AJ ga butlovçi qismlarni yetkazib beruvçi korxonalar rahbarlari bilan uçraşişdi. «Uz-TongXong Co.», «Uz-Hanwoo», «Uz-DongJuPaint Co.», «Uz-Chasis», «Uz-Sungwoo», «Uz-SaeMyung Co.», «Uz-EraeCable», «Uz-Dong Won Co.», «Uz-Erae Climate Control», «Kwangjin Autosistems» qöşma korxonalari va Jizzax akkumulyator zavodi jamoasiga mazkur mukofotlar topşirildi.
Taqdirlaş marosimida sözga çiqqan Xektor Villarreal özlarining sidqidildan qilgan mehnati tufayli «GM Uzbekistan» AJ ning muvaffaqiyatiga munosib hissa qöşganligi uçun korxonalar rahbarlariga öz minnatdorçiligini bildirdi. Şuningdek kompaniyalar vakillari va Djeuel Şi xonim iş jarayoni bilan tanişişi maqsadida qator korxonalarga taşrif buyurdi.