Joriy yilning 14-may kuni Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida “Graduation Ceremony–2025” diplom topşiriş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda “Özavtosanoat” AJ Boşqaruv raisi Rozuqulov Uluğbek Ubaydullayeviç, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatçisi Sultonov Isajon Abdurayimoviç, Italiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Piyergabriyele Papadia de Bottini, Huawei Uzbekistan kompaniyasining korporativ biznes böyiça direktori Zhang Haoqi hamda TTPU va Politecnico di Torino universitetining professor-öqituvçilari, bitiruvçi talabalar, ularning oila a’zolari va döstlari iştirok etdilar.
Tadbir boşida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Şundan söng, mehmonlar navbati bilan sözga çiqib, bitiruvçilarga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bitiruvçilarga diplomlar “Özavtosanoat” AJ Boşqaruv raisi Rozuqulov Uluğbek Ubaydullayeviç, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatçisi Sultonov Isajon Abdurayimoviç, Italiya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Piyergabriyele Papadia de Bottini hamda Toşkent şahridagi Turin Politexnika Universitetining rektori Tuyçiyev Olimjon Alijonoviç tomonidan tantanali ravişda topşirildi.
Tadbir davomida 100 ga yaqin nafar bitiruvçiga bakalavriat diplomi topşirildi. Şuningdek, tadbir doirasida Eng iqtidorli yoş öqituvçilar hamda talabalar maxsus statuetka va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Şuni alohida ta’kidlaş joizki, bitiruvçilarning 100 foizi iş bilan ta’minlangan bölib, bugungi kunda TTPU bitiruvçilari nafaqat Respublikamizning turli sohalarida, balki dunyoning yetakçi kompaniyalarida ham muhandis va yetakçi mutaxassislar sifatida faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan, Italiyadagi Manganorobot, Daniyadagi Uber, Italiyadagi Pirelli, Dubaydagi VITRONIC Machine Vision Middle East, Germaniyadagi BMW Group kompaniyalarida.
Tadbir yakunida bitiruvçilar esdalik uçun suratga tuşişdi va öqiş davomida körsatgan sabr-toqati, yordami hamda yöllanmalari uçun ustozlari, öqituvçilari va ota-onalariga çuqur minnatdorlik bildirişdi.