“Özavtosanoat” AJ taşabbusi bilan Andijonda zamona...
Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida “Özavtosanoat” AJ taşabbusi va “UzAuto Motors” AJ kömagida Andijon futbol klubini qöllab-quvvatlaş maqsadida bunyod etilgan zamonaviy sport kompleksi tantanali ravişda foydalanişga topşirildi.
Oçiliş marosimida Andijon viloyati hokimi va viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Şuhratbek Abdurahmonov, “Özavtosanoat” AJ Boşqaruv raisi örinbosari Farhod Törayev, “UzAuto Motors” AJ ijroçi direktori Odiljon Bastamkulov, şuningdek, özbek futboli afsonasi Birodar Abdurayimov, sport şarhlovçilari Davron Fayziyev va Hayrulla Hamidov hamda futbol jamoasi a’zolari va boşqa faxriy mehmonlar iştirok etişdi.
Barpo etilgan uşbu sport kompleksi zamonaviy standartlarga töliq javob beradi. Unda professional maşğulotlar uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan: maxsus stadion, trenajyor zal, suziş havzasi hamda boşqa infratuzilmalar jamoa a’zolari ixtiyoriga topşirildi. Bu esa nafaqat “Andijon” futbol klubi sportçilari, balki butun viloyat futbol salohiyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Alohida ta’kidlaş joizki, Xöjaobod tumani özining salqin tabiati va betakror manzaralari bilan ajralib turadi. Aynan mana şunday muhitda sport kompleksining qurilişi sportçilarning jismoniy va manan tayyorgarligiga ijobiy ta’sir körsatadi.
“Özavtosanoat” AJ tomonidan amalga oşirilgan bu taşabbus sportni qöllab-quvvatlaşga, soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga, yoşlar orasida futbolga bölgan qiziqişni yanada oşirişga qaratilgan strategik yondaşuvdir.
Tadbir davomida uşbu loyiha Özbekiston futbolining jadal rivojlanişida muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.