Toşkent traktor zavodida “Özavtosanoat” AJ rahbariyatining Çirçiq şahri mahallalari aholisi bilan uçraşuvi bölib ötdi. Oçiq muloqot tarzida taşkil etilgan uçraşuv davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va taşabbuslar bilan murojaat qiliş imkoniyatiga ega böldilar.
Muloqot davomida iştirokçilar tomonidan kötarilgan masalalar atrofliça muhokama qilinib, har bir murojaat alohida tartibda körib çiqildi. Xususan, mehnat muhofazasi, işlab çiqariş jarayonlarida xavfsizlikni yanada takomillaştiriş, xodimlar salomatligini muhofaza qiliş, yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar bildirildi.
Sayyor qabul davomida murojaatlarning bir qismi yuzasidan tegişli huquqiy tuşuntirişlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qöşimça örganiş va tegişli çoralar körişni talab etadigan murojaatlar böyiça mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta’minlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Aholi bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, ularning murojaatlarini örganiş hamda takliflarini inobatga oliş tarmoq faoliyati samaradorligini oşirişga yordam beradi. Bu kabi uçraşuvlar kelgusida ham muntazam ravişda taşkil etib boriladi.