Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarning avtomobildagi nosozliklar borasidagi murojaatlari ko‘p uchramoqda. Nima sababdan bunday holatlar yuzaga kelanganligi hamda uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun mijozlardan murojaatni blogerlarning ijtimoiy tarmoq sahifalariga emas aksincha, eng avvalo o‘z dileriga yoki kompaniya rasmiy sahifalariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz. avtosalondan avtomobilingizni olib ketishingizdan oldin dilerlik markazi xodimlari uning servis kitobchasini taqdim etishlari va sotuv oldi ko‘rigini o‘tkazib berishlari shart. Siz mijoz sifatida dilerlik markazi xodimlaridan sotuv oldi ko‘rigini o‘tkazib berishlarini talab qilishga haqlisiz.
Agar sotuv oldi ko‘rigida avtomobildan qoniqmasangiz, yoki bo‘lmasa qandaydir nosozlik yuzaga kelganligi aniqlansa, diler avtomobilni almashtirib berishga yoki nosozlikni bartaraf etishga haqlidir.
Yodda tuting! UzAuto Motors uchun har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor!