Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Toşkentdagi T...
Joriy yilning 10 noyabr kuni, Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Özbekistonga rasmiy taşrifi doirasida Toşkentdagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) ga taşrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Аbdulla Oripov boşçiligida Özavtosanoat АJ boşqaruvi raisi Uluğbek Rozuqulov va TTPU rektori Jamşid Inoyatxodjaev kutib oldi.
Italiya delegatsiyasi tarkibi Italiyadagi Turin Politexnika universiteti rektori Gvido Sarakko, öquv işlari böyiça prorektor Anita Tabakko va universitetning boşqa vakillaridan iborat böldi. Prezident taşrifining asosiy maqsadlaridan biri ustuvor yönalişlarda, xususan, sanoat transformatsiyasi sohasida özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş sanaladi. Bilim va tajriba almaşiş- doimo Italiya va Özbekiston örtasidagi hamkorlikning asosi bölib kelgan, dedi Prezident Matarella özining rasmiy nutqida.
Gvido Sarakko prezident Mattarellaning taşrifi şarafli ekanini bildirib, 2009 yildan buyon TTPU Özbekistonda muhandislik taʼlimi va Italiya texnologiyalarini joriy etişda yetakçi örinni egallab kelayotganini taʼkidladi.
Taşrif doirasida universitet böylab sayohat taşkil etildi, unda delegatsiya a’zolari universitetning elektron resurs markazi, madaniy meros texnologiyalari laboratoriyasi, şuningdek, sanoat 4.0 öquv laboratoriyasi bilan yaqindan tanişdilar.
Şuningdek, TTPUga taşrif doirasida, “Özbekistonda sanoat transformatsiyasida taʼlim va innovatsion hamkorlik” mavzusida seminar taşkil etilib, unda Italiya delegatsiyasi “Sanoat 4.0” sohasidagi tajribasi bilan örtoqlaşdi. Ikki mamlakat universitetlari örtasida taʼlim, tadqiqot va texnologiyalar transferi istiqbollari, şuningdek, 4.0 sohasidagi sanoat kooperatsiyasining ilğor tajribalariga alohida eʼtibor qaratildi.