UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni xarid qiliş tartibini soddalaştiriş, uşbu jarayonning şaffofligini ta’minlaş mexanizmini takomillaştiriş ustida muntazam ravişda iş olib bormoqda.

Ayrim şaxslar uçun oldindan tölovning kamaytirilganligi, şuningdek şartnomani onlayn rasmiylaştiriş imkonini beruvçi qulay tizimning joriy etilişi avtomobilni şaxsiy foydalaniş uçun emas, balki faqat tijorat maqsadlarida (qayta sotiş) sotib oliş uçun işlatila boşlandi.
Şu munosabat bilan eslatib ötamizki, agar bir şaxs nomiga yiliga bir xil model uçun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, har bir keyingi avtomobil “navbatning” oxiriga ötadi hamda avtomobillarni yetkazib beriş muddati 120 kunga oşadi. Keyinçalik bir kişi tomonidan bir neçta avtomobillarni sotib oliş amaliyoti takrorlangan taqdirda kompaniya iste’molçilar uçun avtomobillar mavjudligini ta’minlaş maqsadida uşbu muddatni 270 kungaça uzaytirişni körib çiqmoqda.
Şuningdek, şu kunlarda turli xil internet reklama e’lonlari xizmatida (misol uçun, olx.uz) “avtomobilni qayta sizning nomingizga rasmiylaştiriş va’dasi” bilan tölovi amalga oşirilmagan şartnomalarni “sotib oliş” takliflari paydo böldi.
E’tibor bering, şartnoma “UzAvtoSavdo” tizimi tomonidan avtomatik tarzda tuziladi. Undagi ma’lumotlarni na xaridor na diler tomonidan özgartirişning imkoni yöq. Qolaversa, avtomobilni olgandan söng, tizim xaridorning iştirokida davlat raqamini röyxatdan ötkaziş uçun Yöl-harakati xavfsizligi davlat xizmatiga (YHXDX) elektron hisob-fakturani yuboradi.
Hurmatli mijozlar!
Sizdan ehtiyot bölişingizni va şartnomalarni "sotib oliş" böyiça şubhali takliflarga rozi bölmasligingizni söraymiz.
