Joriy yilning 9-mart kuni “UzAuto Motors” AJ tomonidan 2022-2023 yillarda kompaniya aksiyalarining mahalliy va xorijiy fond bozorlarida birlamçi ommaviy taklif (IPO) orqali joylaştirilişini taşkillaştiriş uçun anderrayterlar konsorsiumini tanlab oliş böyiça rasmiy tender e’lon qilindi.
Potensial investorlarni aniqlaş, bozor şaroitini va IPO jarayonini taşkillaştiruvçi bank-anderrayterlar fikr-mulohazasini örganiş maqsadida 2021 yil oktyabr-noyabr oylarida Kompaniya tomonidan “JP Morgan”, “Citi”, “Credit Suisse”, “Raiffeisen Bank International”, “Societe Generale”, “Natixis” ва “Gazprombank” kabi xorijiy investitsion banklar hamda respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklari va brokerlarga tavsiyalar uçun sörovnomalar yuborilgan.
Kelib tuşgan tavsiyalarni tahlil qilgan holda, “UzAuto Motors” AJ tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda IPO hajmi va şartlari böyiça tender hujjatlari işlab çiqildi hamda anderrayterlar konsorsiumini tanlab oliş böyiça rasmiy tender e’lon qilindi. Mazkur tenderda mahalliy anderrayterlar bilan bir qatorda anderrayting faoliyatini olib boruvçi xorijiy banklar va investitsiya vositaçilari ham iştirok etişlari mumkin. Ma’lumot uçun: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 yanvardagi PQ–90-son qaroriga bilan 2023-yil 31-dekabrga qadar eksperiment tariqasida xorijiy banklar va investitsiya vositaçilariga Özbekiston Respublikasida alohida litsenziya olmasdan qimmatli qoğozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oşiriş huquqiga ega bölgan va öz mablağlarining miqdori 500 mln sömdan kam bölmagan mahalliy yuridik şaxslar bilan şartnoma tuzgan holda, anderrayting faoliyatini amalga oşirişga ruxsat berilgan.
Rasmiy tender Özbekiston Respublikasi Davlat xaridlari töğrisidagi qonunga muvofiq Özbekiston Respublika Tovar-xom aşyo birjasi veb-saytida e’lon qilindi.
Tenderning tugaş sanasi 11-04-2022 13:00 etib belgilandi.
“UzAuto Motors” AJ tomonidan mahalliy va xorijiy fond bozorlarida IPO amalga oşirilişi Kompaniya uçun yangi investitsiya loyihalarni amalga oşirgan holda faoliyatni yanada kengaytiriş, investitsion jozibadorlikni oşiriş, korporativ boşqaruvni xalqaro standartlarga moslaştiriş, şaffoflik va hisobdorlikni oşiriş imkonini beradi. Şuningdek, mazkur IPO ayniqsa mahalliy bozorda investorlar uçun jozibador bölgan yangi qimmatli qoğozlar taklifini şakllantiradi va likvidlik oşişiga hissa qöşadi.
Ma’lumot uçun: “UzAuto Motors” AJ 1993-yilda taşkil topgan bölib, Özbekiston va Örta Osiyodagi yagona yirik avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya tomonidan bugungi kunda yiliga 360 mingga yaqin 12 turdagi avtomobil modellari işlab çiqariladi. Uning asosiy işlab çiqaruvçi zavodi Özbekistonning şarqiy nuqtasi bölgan Andijon viloyatining Asaka şahrida joylaşgan bölib, unda Chevrolet Spark, Nexia-3, Cobalt va Lacetti modellari işlab çiqariladi va Özbekistonning ğarbidagi Xorazm viloyatining Pitnak şahrida esa Damas va Labo avtomobillari işlab çiqariladi.
Bugungi kunda Kompaniya tarkibida 11 mingdan ortiq (mahalliy butlovçi qismlarni işlab çiqaruvçi korxonalar bilan xisoblaganda 18 mingdan ortiq) işçi va xodimlar faoliyat körsatib kelmoqda. Kompaniya 2020 yilning yakuni böyiça 293 ming dona avtomobillar işlab çiqariş orqali 2,624 million dollar sof tuşum topgan bölib, şundan 177 million dollari eksport orqali amalga oşirilgan.
Kompaniya Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini işlab çiqariş loyihasini moliyalaştiriş maqsadida 2021 yil aprel oyida London fond birjasida özining ilk korporativ xalqaro obligatsiyalarini 300 mln AQŞ dollari miqdorida 5 yil muddatga muvaffaqqiyatli joylaştirdi.