“UzAuto” komplayens-tizimi: kiritilgan yangiliklar...
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarşi kuraşişda jamiyatning barça a’zolarini “halollik vaksina” bilan emlanişi kerakligini ta’kidlagandi.
Amalga oşirilayotgan islohotlar samarasi hamda qöyilgan barça maqsadlarga erişiş uçun har bir soha faoliyati qonunçilik va adolatga asoslanişi kerak.
Şu maqsadda, 2019-yilda “UzAuto”da tomonidan xalqaro standartlar va milliy qonunçilikka muvofiq Komplayens tizimi joriy etildi. U ikki bosqiçda amalga oşirildi. Birinçi bosqiçda Komplayens tizimi faoliyatini tartibga soluvçi huquqiy bazasi yaratildi.
2021-yilda Komplayens tizimining ikki yillik faoliyati sarhisob qilinib, tizimning korrupsion sxemalar yuzaga kelişi mumkin bölgan hamda kompaniya samaradorligiga salbiy ta’sir körsatuvçi töqqizta asosiy yönalişi aniqlandi.
Komplayens tizimi faoliyatining töqqizta asosiy yönalişi:
Xaridlar; Ta’minot; Mahalliylaştiriş; Işlab çiqariş; Marketing; Moliya va iqtisod; Kadrlar; Xavfsizlik; Raqamlaştiriş.
Tahlil natijalariga köra, 2021-yilda klassik Komplayens tizimi tubdan isloh etildi –korrupsiyaning oldini oliş va iqtisodiy samaradorlikni oşiriş sohaga har bir yönaliş uçun tor doiradagi mutaxassislar jalb qilindi, ular bilan birgalikda “UzAuto” Komplayens tizimining şaxsiy modeli işlab çiqildi.
Sohaga moslaştirilgan Komplayens tizimining joriy etilişi natijasida qisqa vaqt mobaynida tizimning samaradorligini tasdiqlovçi bir qator hayratlanarli natijalarga erişildi:
Xarid qiliş tizimini örganiş natijasida tovar va xizmatlarning 54,8 mlrd. sömlik asossiz xarajatlarni oldini olişga yordam berdi;
Tarkibiy işlab çiqariş korxonalarining 2022-yil uçun biznes-rejalarini optimallaştiriş 42,2 mlrd söm mablağning asossiz sarflanişi va iş vaqti qisqartirdi;
Işlab çiqariş jarayonini tahlil qiliş va uni yanada optimallaştiriş xarajatlarni 7,8 mlrd sömga qisqartirdi;
Avtomobillarni eksport qilişda transport vositalarining konstruksiyasi xarajatlarini optimallaştiriş xarajatlarni 71,7 mlrd sömga kamaytiriş imkonini berdi;
12 ta korxonada 22 ta mahalliylaştiriş loyihasini amalga oşiriş böyiça takliflar kiritilişi xarajatlarni 15,3 mlrd sömga qisqartiradi;
Inson resurslarini optimallaştiriş xarajatlarni 2 mlrd sömga qisqartirdi.
242,6 mlrd sömlik 41 ta moliyaviy firibgarlik va öğirlik holatlari aniqlanib, ularning oldi olindi. Hujjatlar tegişli idoralarga yuborildi.
Bundan taşqari, Komplayens tizimi tomonidan sohadagi huquqbuzarliklarni aniqlaş va oldini oliş böyiça körilgan samarali çora-tadbirlar natijasida pandemiya, global mikroçiplar va logistika inqirozi davridan yöqotişlarsiz çiqib olişga muvaffaq bölindi
Natijada “UzAuto Motors” işlab çiqarişni töxtatmagan holda, iş örinlarini qisqartirmay, butun pandemiya davrida narxlarni özgartirmagan dunyodagi yagona avtomobil işlab çiqaruvçilardan biriga aylandi.
Erişilgan natijalar “UzAuto” Komplayens tizimining samaradorligini tasdiqlaydi, bu esa uni korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraş, xarajatlarni optimallaştiriş va butun jamoada huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlikni şakllantirişning işonçli vositasiga aylantiradi.