Xalqaro muzeylar kuni dunyoning 143 mamlakatidagi öng minglab muzeylarda nişonlanadigan an'anaviy bayramdir. Bu yil uşbu bayram yurtimizda oçilganiga hali köp bölmagan Toşkent politexnika muzeyida ham keng nişonlandi. Muzey xodimlari uşbu sana munosabati bilan taşrif buyuruvçilarga noodatiy tuhfalar hozirlagan bölib, ular tadbir iştirokçilarini befarq qoldirmadi.
Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, muzeyning ikkinçi qavatidagi “Interfaol amaliyot” bölimi asosan fizika qonuniyatlarini özida aks ettirgan eksponatlardan iborat bölsa-da aynan 18 may kuni uşbu bölim kimyo fanining turli ajoyibotlariga bağişlandi. Tadbirga taşrif buyurganlar kimyoviy moddalar va ularning bir biri bilan reaksiyaga kirişuvi asosida röy beradigan özgarişlar haqida batafsil ma'lumotga ega bölişdi.