Million sari yöl: UzAuto Yangi Özbekistonda qançal...
“UzAuto Motors” milliy kompaniyasi MDH mamlakatlari içida avtomobilsozlik sanoati yetakçisiga aylanişni maqsad qilgan hamda milliontagaça avtomobil işlab çiqariş niyatida”, “MDHda yangi avtogigant paydo bölişi mumkin” – ayni sarlavha ostidagi yangiliklar dunyo internet naşrlarida tez-tez közga taşlanyapti. Albatta bunday e’tirof zamirida nafaqat raqamlar, balki, Özbekistondagi barça tarmoqlarning ulkan mehnati yotibdi.
Davlat rahbari tomonidan amalga oşirilayotgan islohotlar hamda barça içki jarayonlar va mamlakatimizni xalqaro maydondagi nufuzini oşirişga xizmat qiluvçi Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasining amalga oşirilişi natijasida, işlab çiqarişni kengaytiriş va modernizatsiya qiliş, ilm-fan va texnologiyani rivojlantiriş, şuningdek, raqobatbardoş va yuqori texnologiyali mahsulot yaratiş kabi ustuvor vazifalarni jamlagan avtomobilsozlik sanoati yangi bosqiçga kötarildi.
Işlab çiqariş jarayonlarining optimallaşuvi hamda modernizatsiya qilinişi hisobiga, UzAuto Motors kompaniyasi tarixiy rekordni örnatişga erişdi ya’ni 2016 yildan buyon işlab çiqariş hajmi 269 %ga ösgan. Işlab çiqariş jarayoniga yangi texnologiyalarning tadbiq etilişi, uskunalarning yangilanişi va kadrlar malakasining oşirilişi Markaziy Osiyoda yetakçi hisoblangan “UzAuto Motors” kompaniyasini MDHda gigant avtomobil işlab çiqaruvçisiga aylantirdi.
Bugun UzAuto Motors faqat eng zamonaviy avtomobillar, xususan, Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini işlab çiqarişni yölga qöygan. Buning uçun 5 mingdan ortiq muhandis jalb qilingan bölib, ularning bir qismini Toşkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvçilari taşkil etadi. Özbekistondagi mavjud 200 ta korxonaga xorijlik va mahalliy mutaxassislar jalb etilişi natijasida, ular kömagida Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uçun 1,5 ming dona detal işlab çiqariş yölga qöyildi.
Qolaversa, Özbekistonda Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş maqsadida “Özavtosanoat” AJ tomonidan 12 ta yangi mahalliylaştiriş loyihasi amalga oşirildi, jumladan, umumiy qiymati 312 million dollarlik yangi zavodlar va yuqori texnologiyali işlab çiqariş liniyalari tuşirildi. Yangi işlab çiqariş quvvatlarining işga tuşirilişi, 4,5 mingga yaqin yangi iş örni yaratiş imkonini beradi.
Yangi avtomobillar UzAuto Motors zavodida joriy qilingan Global Emerging Markets (GEM) global platformasi asosida işlab çiqarilgan bölib, bu qöşimça muhandislik yeçimlarisiz bir neça turdagi avtomobillarni işlab çiqarişni yölga qöyiş degani. Mazkur loyihani özlaştiriş uçun 427,6 million dollar miqdorida sarmoya kiritildi.
Yuqori bosim ostida işlovçi alyuminiy silindr bloklarini işlab çiqarişda ilğor texnologiyadan foydalangan holda innovatsion dvigatellar oilasiga mansub CSS Prime dvigatellarining işlab çiqarişni özlaştiriş UzAuto Motors Powertrain kompaniyasida noldan boşlab amalga oşirildi. Innovatsion texnologiyalar tufayli, Özbekistonda Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarining mahalliylaştiriş darajasini oşirişga xizmat qiluvçi MDHda yagona zavod işga tuşirildi.
Andijon viloyatida işga tuşirilgan “Kova foundry” quyuv zavodida çöyan qismlar işlab çiqariş yölga qöyildi. Bu yerda yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlarning yangi turlarini özlaştiriş maqsadida, metalni qayta işlaşda muhim bölgan barça bosqiçlar jumladan, eritiş, quyiş, qoliplaş va yuqori aniqlikdagi mexanik işlov beriş jarayonida zaruriy bölgan ilğor, sönggi rusumdagi texnika hamda texnologiyalar jalb etildi. Yiliga 18 ming tonna mahsulot işlab çiqariş quvvatga ega korxonada, xomaşyoning qöşilgan qiymatini 10 barobarga oşirib, ehtiyot qismlar importini 21 million dollarga qisqartiriş imkoniyati mavjud.
Mahalliylaştiriş dasturi doirasida UzAuto tarmoq korxonalarida zamonaviy dvigatel sovutiş tizimiga ega radiatorlar, Joyson Safety Systems avtomobilni boşqariş xususiyatiga ega köp funksiyali rul çambaragi hamda xavfsizlik yostiqçasi, şuningdek, zamonaviy va noyob texnologiyalar asosida işlovçi plastik baklarni işlab çiqariş yölga qoyildi. Bundan taşqari, “UzKoram-Co” MÇJda Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uçun yon oynalarni işlab çiqariş özlaştirildi.
Birinçi marta zamonaviy usulda şu jumladan, ekstruziya uslubini qöllagan holda, plastmassa va rezina qismlarni işlab çiqariş va qayta işlaş yölga qoyildi. Şuningdek, plastik qismlarni ultratovuşli payvandlaş va ikki komponentli plastmassalarni bosim ostida quyiş joriy etildi, bu esa yuqori germetiklikka, zarba yoki tebraniş yutilişining yuqori körsatkiçlariga erişişga imkon beradi.
Zavodning modernizatsiya qilinişi avtomobil kuzov qismlarini issiq ştamplaş orqali işlab çiqariş jarayonini ham öz içiga oldi. UzSungwoo zavodida issiq ştamplaş orqali Markaziy Osiyoda yagona töliq avtomatlaştirilgan metallni qayta işlaş tsexining taşkil etilişi Chevrolet Tracker va Onix modellari uçun 20 turdagi mahalliy butlovçi qismlarni işlab çiqariş evaziga, qariyb 214,5 milliard sömlik import örnini bosiş imkonini berdi. UzSungwoo korxonasiga örnatilgan eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda işlab çiqilgan metallni issiq qayta işlaş liniyasi yetakçi jahon yetkazib beruvçilarining metallni kesiş, issiq presslaş va lazer bilan kesiş uskunalari bilan jihozlangan bölib, 2,4 million dona metall buyumlar işlab çiqariş imkonini beradi hamda zaruriy uskunalarning 5 martagaça kamaytiriş evaziga investitsiyalarni tejaş imkonini beradi.
Innovatsion işlab çiqariş texnologiyalarining joriy etilişi bevosita Asakadagi UzAuto Motors zavodining işlab çiqariş quvvatlariga ham ta'sir körsatdi. Asosiy işlab çiqariş bölinmalariga qöşimça ravişda kompaniya, boşqa payvandlaş usullari bilan soliştirganda, işlab çiqariş jarayonida yuqori aniqlik, korroziyaga çidamlilik va payvandlaş çoki, şuningdek, estetik, energiya tejaşning yuqori darajasiga va işlab çiqarişda atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan lazerli payvandlaş jarayonini yölga qöydi.
Albatta, amalga oşirilgan loyihalar Özbekistonda avtomobilsozlikni yanada rivojlantiriş va avtomobil işlab çiqariş hajmini yiliga 500 ming donaga, kelgusida esa million donaga yetkaziş uçun barça şaroit va imkoniyatlar mavjud ekanini anglatadi.