«Barret-Jackson» auksion savdolarini ötkaziş uyi 1967 yilda işlab çiqarilib, fantastik jangari ruhdagi «Transformerlar 4: Qirğin davri» filmida qatnaşgan «Chevrolet Camaro» avtomobilini sotuvga çiqaradi. Filmning asosiy qahramonlaridan biri Bamblbi ismli transformerni tasvirlaş uçun uşbu avtomobildan foydalanişgan.
Hozirgi vaqtda «Chevrolet Camaro» avtomobili «Transformerlar» filmining rejissyori Maykl Beyga tegişli. Avtomobil buğda işlaydigan 6-bosqiçli transmissiyaga ega «V8» dvigateli bilan jihozlangan. Dvigatel quvvati haqida ma'lumot berilmayapti, lekin uşbu nusxa Chevrolet Camaro SS bazasiga qurilgan bölib, ikki versiyada: ya'ni 375 va 300 ot kuçi quvvatiga ega dvigatellar bilan taklif qilingan.
Bundan taşqari avtomobil standart versiyasiga qaraganda bir qator kuçaytirilgan detallarga ega. Misol uçun, diodçiroqli yoritkiçlar, sariq rangli «Ridetech Tiger Cage» xavfsizlik karkaslari, ugleplastik old splitterlar, kengaytirilgan ğildirak arkalari, hamda pastprofilli «Nitto» ğildiraklari bilan jihozlangan.
Taşqi tomonidan Bamblbi odatdagi Camarodan kuzovning maxsus böyalgan qora-sariq ranglari, avtobotlarning rul va kapotdagi şildiklari, hamda Maykl Beyning dastxati bilan farqlanadi.
Avtomobil sotiladigan auksion 2016 yil yanvar oyida Amerikaning Arizona ştatida bölib ötadi. Avtomobilning boşlanğiç bahosi töğrisida ma'lumot berilmayapti. Şuni aytiş mumkinki, uşbu auksionda «Forsaj» kinofilmining birinçi qismida suratga tuşgan «Volkswagen Jetta» avtomobili ham sotiladi.