DUNYO YANGILIKLARI: ROSSIYADA IXÇAM ŞAHAR AVTOMOBI...
Rossiya bozorida joriy yilning oktyabr oyida ixçam şahar avtomobillari savdosi jonlandi. Eslatib ötamiz, inqiroz tufayli sotuvning deyarli töxtab qolişi natijasida mazkur avtomobillar segmenti yetarliça zarar körgan edi.
Biroq rossiyalik tahlilçilar 2015 yilning oktyabr oyi bilan taqqoslaganda joriy yilning ötgan oyida sezilarli darajada (62%) ösiş bölganini ta'kidlaşmoqda. Rossiyalik haridorlar ötgan oy davomida uşbu sinfga mansub 367 dona avtomobilni xarid qilişgan. Ular orasida Ravon R2 yetakçilikni qöldan bergani yöq. Chevrolet Sparkning restayling qilinişi natijasida yangi nom ostida eksportga çiqarilgan turidan 174 donasi öz egasini topdi. Buni esa mutaxassislar uning avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan holatda xaridorlarga taqdim etilgani bilan izohlaşmoqda.
Kamsiğimli avtomobillar orasida ommabopligi böyiça ikkinçi örinni Koreyaning Ria Picanto avtomobili egalladi. Mazkur rusumdagi avtomobildan 121 tasi aynan ötgan oyda sotilgan. Reytingda uçinçi örinni nemislarning Smart ForFouri egalladi. Ötgan oyda uşbu avtomobildan 24 dona sotilgan. Jami bölib joriy yilning ötgan ön oyida rossiyaliklar 2.7 ming dona A-sinfiga mansub kam siğimli avtomobillarni xarid qilişgan Bu esa ötgan yilning aynan şu davriga qaraganda 7.4 % ga köp.