Toşkent politexnika muzeyida bölib ötgan “Nauka 0+” IV Xalqaro ilmiy festivali öz yakuniga yetdi. Tadbir haqiqiy ilmiy va tajriba maydoniga aylanib, bilim, texnologiyalar va kaşfiyotlarni har bir taşrif buyuruvçi uçun yanada yaqin va tuşunarli bölişiga xizmat qildi.
Mehmonlar uçun laboratoriyalar, robototexnika böyiça musobaqalar, interfaol maydonçalar, ilmiy ma’ruzalar, viktorinalar va mahorat darslari taşkil etildi. Ayniqsa, bolalar uçun möljallangan tajribalar yoş iştirokçilarga fan olamiga yangi nigoh bilan qaraş imkonini berdi.
Iştirokçilar olimlar va mutaxassislar bilan bevosita suhbatlaşiş, kvant texnologiyalari hamda innovatsiyalar sohasidagi sönggi yutuqlar bilan tanişiş imkoniga ega böldilar.
Festival yana bir bor körsatdiki, fan — bu oçiq, qiziqarli va ilhom baxş etuvçi soha, ayniqsa yoş avlod uçun.