Toşkentdagi Turin politexnika universitetining seysmoplatformasida 2016 yilning 24 avgust kuni Italiyaning Amatris şahrida röy bergan zilzila sun'iy ravişda sodir etildi. Uşbu tajribani ötkaziş uçun umumiy vazni 915 kg, kengligi 1 m., uzunligi 1m., balandligi, 1,5m., ni taşkil etuvçi bino qurildi. Mazkur bino ustida ötkazilgan tajriba u butunlay buzilib ketgunça davom etdi. Texnika fanlari doktori Çakaxiro Minova va Toşkentdagi Turin politexnika universiteti muhandisi Rustam Isoqjonov boşçilik qilgan tajriba natijalari bino Amatris şahridagi zilzilaga öxşaş tezlaşişi 42sm/sek2 bölgan va 21 sm/s tezlikdagi 6,2 ballik zilzilaga çidamli bölganini körsatdi. Takroriy sinov natijalariga köra yerning qöşilişi 4,62sm. va tezlaşişi 1276sm/sek2 bölgan zilzila tufayli bino qulab tuşgan.
Universitet öqituvçilari ötkazilayotgan bunday tajribalar natijasida qurilayotgan binolarning zilzilaga bardoşliligini oldindan hisobga oliş mumkinligiga umid qilişmoqda. Talabalar uçun esa bunday amaliyotlar ularning kelgusidagi iş va öqişlarida juda foydali hisoblanadi.