Özbekistonlik yoş gimnastikaçilar bolalar kuni bayramiga sovğa qilib, Birlaşgan Arab Amirliklaridagi birinçi xalqaro Kubokda törtta oltin medalni qölga kiritişdi.
Turli xil dasturlarda oltin mukofotlarni Viktoriya Nikiforova, Şahrizoda Razoqova, Sabrina Zaribboeva, Raniya Nazarova va Baxor Orifovalar qölga kiritişdi.
UzAuto jamoasi barça sportçilarimizni qölga kiritgan yuqori natijalari bilan tabriklaydi. Biz sizlar bilan faxrlanamiz. Kelajakdagi faoliyatlarida yorqin ğalabalar va qöyilgan maqsadlariga erişişlarini tilab qolamiz.
Musobaqalar bir neça yoş toifasida 21 mamlakat jamoasi iştirokida BAAning poytaxti Dubay şahrida bölib ötdi. Unda özbek gimnastikasi maktabining mahoratini Mariya Mamadjonova, Luiza Ganeyeva, Elvira Raxmatullina, Umida Raşidova va Lyubov Qosimovalar namoyiş etişdi.
Eslatib ötamiz, “Özavtosanoat” köp yillardan buyon milliy gimnastikaga katta yordam körsatib kelmoqda, joriy yilning fevralida “Özavtosanoat” AJ boşqaruv raisi Şavkat Umurzoqov Özbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylangandi. Kompaniya rahbariyati bundan keyin ham uşbu xayrli an’anani davom ettiriş va sportçilarning yuksak natijalarga erişişi uçun barça şart-şaroitlarni yaratişni maqsad qilmoqda.