“Özavtosanoat” AJ taşabbusi bilan Toşkent şahrida Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraş kuniga bağişlangan "Oçiq eşiklar kuni" tadbiri taşkil etildi. Tadbir avtomobilsozlik sohasida oçiqlik va şaffoflik tamoyillarini mustahkamlaş hamda jamoatçilik bilan bevosita muloqotni kengaytirişga qaratildi.
Uçraşuv davomida iştirokçilarga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirişga xizmat qiluvçi amaliy mexanizmlar taqdim etilib, avtomobillarni xarid qiliş, tölovlarni amalga oşiriş, servis va kafolat xizmatlaridan foydalaniş tartiblari batafsil tuşuntirildi. Şuningdek, QR-kodli yangilangan şartnomalar va elektron davlat xizmatlarini öz içiga olgan raqamli nazorat vositalari namoyiş etildi. Oçiq muloqot formati dolzarb savollar yuzasidan aniq javoblar oliş va mas’ul mutaxassislar bilan muloqot qiliş imkonini berdi.