PF-154-son Prezident Farmoni (https://lex.uz/docs/-6066512)ga muvofiq, davlat organlari va taşkilotlarida oçiqlik böyiça amalga oşirilgan işlarning samaradorligi va natijadorligi 2022-yildan boşlab har yili “Oçiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.
2025-yil yakunlari böyiça ötkazilgan bu yilgi baholaşda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Baholaş jarayoni 84 ta baholaş mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oşirildi.
Yakuniy natijalarga köra, 66 ta davlat organi “yaşil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik körsatkiçlarini qayd etdi.
2022-yildagi, yaʼni ilk baholaş körsatkiçlari bilan taqqoslaganda “yaşil” toifadagilar 3,5 barobarga köpaygan bölsa, “sariq” toifadagilar 2 barobar va “qizil” toifadagilar 3 barobarga kamaygan.
Oçiqlik böyiça eng yuqori samaradorlik körsatkiçlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Özbekgidroenergo” va “Özavtosanoat” AJlari, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etildi.
Respublika darajasidagi taşkilotlardan — Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi va “Özbekiston temir yöllari” AJ, hududiy miqyosda esa Andijon viloyati va Toşkent şahar hokimliklari eng past körsatkiçlarni qayd etib, “qizil” toifada baholandi.
Agentlik tomonidan kelgusida baholaş jarayonlarini quyi tizimlarda ham amalga oşiriş közda tutilgan.
Jumladan, 2026-yil 2-yarmidan sinov tariqasida Navoiy viloyatining tuman va şahar hokimliklari, taşkilotlari faoliyati oçiqligi darajasini index.anticorruption.uz platformasida baholaş rejalaştirilmoqda.