Treylerdagi avtomobillar Farğona viloyatidagi dilerlik markaziga yetkazib berilişi kerak edi. Treyler А-373 Toşkent-Öş yölining Farğona viloyati Uçköprik tumani Mehnatobod posyolkasi hududida harakatlanib ketayotganda, orqadan harakatlanib kelgan MAN rusumli yuk maşinasi (samosval) yöl harakati qoidalariga amal qilmasdan, oraliq masofani saqlamasligi oqibatida orqa tomondan kelib urilgan. Natijada treylerga ortilgan 9 ta Damas avtomobillaridan 5 tasi texnik şikastlangan.
Ayni paytda, Farğona viloyati Uçköprik tumani Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi (YHXB) tomonidan yöl harakati xavfsizligi böyiça mutaxassislar iştirokida dastlabki tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda. Tergov natijalariga köra, ğişt ortilgan yuk maşinasining haydovçisi boşqaruv paytida uxlab qolgan hamda nazoratni yöqotib yöl transport hodisasini (YTH) sodir etgan.
Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, yuz bergan hodisa natijasida heç kimga zarar yetmagan. Avtotreyler haydovçisi jabrlanmagan. Barça taşilgan avtomobillar suğurtalangan bölib, yetkazilgan zarar suğurta kompaniyasi hisobidan qoplanadi. Yölda harakatlanayotgan haydovçilardan ehtiyotkor bölişlari hamda yöl harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilişlarini sörab qolamiz. Bu bilan nafaqat özingiz, balki atrofingizdagilarning xavfsizligini ham ta'minlagan bölasiz!