Rasmiy munosabat: “Uzavtosanoat” AJ kuzatuv kengaş...
Bugun “КорпИнфо” tematik telegram kanalida “UzAuto Motors” AJ boş direktori Bo Inge Andersson kiritilgan “Uzavtosanoat” AJ kuzatuv kengaşi tarkibi töğrisida ma’lumot e’lon qilindi.
Şuningdek, xabarda uşbu tayinlov “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunning 76-moddasiga zid ekanligi, unga köra Jamiyat boşqaruvi a’zolari va direktori, uning şöba va tobe xöjalik jamiyatlarida mehnat şartnomasi (kontrakt) böyiça işlayotgan şaxslar va uşbu jamiyatlar boşqaruv organlarining a’zolari jamiyatning kuzatuv kengaşiga saylanişi mumkin emasligi haqidagi talablarni buzganligi notöğri keltirilgan.
Yuqoridagilar yuzasidan kompaniya “UzAuto Motors” AJ 100 % uluşining yagona aksiyadori “Uzauto Passenger Vehicles Managment” MÇJ hisoblanişini ma’lum qiladi.
Özbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 67-moddasiga muvofiq agar bir (asosiy) xöjalik jamiyati ikkinçi xöjalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeyiga ega bölgan holda iştirok etişi tufayli ikkinçi xöjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab beriş imkoniga ega bölsa, uşbu ikkinçi xöjalik jamiyati şöba xöjalik jamiyati deb tan olinadi. "Aksiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida"gi Qonunning 8-moddasiga binoan, agar boşqa iştirok etuvçi jamiyat xöjalik jamiyatining ovoz beruvçi aksiyalarining (uluşlarining) yigirma foizidan ortiğiga ega bölsa, xöjalik jamiyati tobe deb e’tirof etiladi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, keltirib ötilgan faktlarda “UzAuto Motors” AJ “Özavtosanoat” AJning şöba va tobe xöjalik korxonalari röyxatiga kiritilmagan. Uşbu faktni inobatga olgan holda, “UzAuto Motors” AJ “Uzavtosanoat” AJning şöba va tobe xöjalik korxonasi hisoblanmaydi.
Haqiqatdan ham "Uzavtosanoat" AJ va "UzAuto Motors" AJ affillangan şaxslar hisoblanadi, ammo “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunda va har ikki jamiyatning ta'sis hujjatlarida affillangan şaxslarni Kuzatuv kengaşlariga saylaşda çeklovlar mavjud emas.