“Özavtosanoat” AJ “Milliy sanoat zanjiri” körgazma...
Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyatida joylaşgan “Sof Expo Samarkand” majmuasida “Milliy sanoat zanjiri” körgazmasi bölib ötdi.
Mahalliy işlab çiqaruvçilar, yirik sanoat korxonalari va buyurtmaçilarni yagona maydonda birlaştirgan körgazma sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, import örnini bosuvçi mahsulotlarni özlaştiriş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş hamda yangi hamkorlik loyihalarini şakllantirişga xizmat qildi.
Körgazmada “Özavtosanoat” AJ tizim korxonalari, jumladan, “UzAuto Motors” AJ R&D markazi özining zamonaviy muhandislik imkoniyatlari, innovatsion işlanmalari va istiqbolli loyihalarini taqdim etdi.
Tadbir iştirokçilariga markazning teskari muhandislik (Reverse Engineering), qolipsozlik muhandisligi (Tooling Engineering), tannarx muhandisligi (Cost Engineering) hamda Sanoat 4.0 (Industry 4.0) yönalişlaridagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştiriş, mahsulot tannarxini maqbullaştiriş, mahalliylaştirişni kengaytiriş va zamonaviy raqamli yeçimlarni joriy etişga qaratilgan loyihalar namoyiş qilindi.
Körgazma davomida R&D markazining muhandislik xizmatlari va texnologik imkoniyatlari iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Turli sanoat korxonalari bilan hamkorlikning istiqbolli yönalişlari muhokama qilinib, ularning işlab çiqariş ehtiyojlarini örganiş va tegişli muhandislik yeçimlarini işlab çiqiş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Ayniqsa, qolipsozlik muhandisligi yönalişidagi xizmatlarga ehtiyoj yuqori ekani qayd etildi. Şu munosabat bilan manfaatdor korxonalarning işlab çiqariş jarayonlarini joyiga çiqqan holda örganiş, zarur qolip va texnologik yeçimlarga bölgan ehtiyojlarini aniqlaş hamda aniq hamkorlik loyihalarini şakllantiriş rejalaştirildi.
“Özavtosanoat” AJning mazkur körgazmadagi iştiroki avtomobilsozlik tarmoğida töplangan ilmiy-texnik tajriba va muhandislik salohiyatini tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş hamda mahalliy işlab çiqaruvçilarning texnologik imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.