UzAuto Motors mamlakatdagi yirik iş beruvçilar TOP...
Özbekiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan 2023-yildagi eng yirik iş beruvçi korxonalar nomi ma’lum qilindi.
Hisobotda qayd etilişiça, (https://t.me/mehnatvazirligi/16652) UzAuto Motors Özbekistonda eng köp iş örnini yaratgan Top-10 korxonalar röyxatiga kiritilgan.
Bugungi kunda kompaniyada jami 16 628 nafar işçi mehnat qilib kelmoqda va bu körsatkiç doimiy ravişda ösib boradi. Şu bilan birga, UzAuto Motors Asaka avtozavodida oliy ta’lim muassasalaridan 100 nafarga yaqin talaba bitiruv oldi amaliyotini hamda Asaka agrotexnologiyalar texnikumining 300 nafarga yaqin talabalari dual ta’lim şaklida amaliyot ötamoqda.
Şuni ta’kidlaş joizki, avtomobilsozlik sanoati multiplikativ soha bölib, unda har bir iş örni boşqa turdoş sohalarda 7−8 ta iş örnini yaratadi.