"Özavtosanoat" AJ: Sanoat taraqqiyotida iqtidorli...
Yangi Özbekistonning azm-u şijoatli, taşabbuskor va iqtidorli yoşlarini qöllab-quvvatlaş, ularning zamonaviy va ilğor texnologiyalar asosida iş tajribalarini oşirişlarini ta'minlaş maqsadida “Özavtosanoat” AJ hamda Yangi Özbekiston Universiteti örtasida iqtidorli va yoş kadrlarni maşinasozlik sohasiga jalb etiş böyiça hamkorlik uçraşuvi taşkil etildi.
Muloqot davomida kelgusi faoliyatini sanoat va muhandislik yönalişlari bilan boğlamoqçi bölgan talabalarga startap va innovatsion loyihalarini rivojlantirişlari uçun dasturlar işlab çiqiş, texnologik jarayonlar bilan yaqindan taniştiriş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini olib borişlarida qöllab-quvvatlaş maqsadida tizimli ravişda "Özavtosanoat" AJ vakillari bilan uçraşuvlar taşkil etiş, tarkibiy tarmoq korxonalarga sayohatlar taşkil etiş böyiça takliflar ilgari surildi.
Kelişuvga köra, avtomobilsozlik sohasi aynan ilm-fan, injiniring va işlab çiqariş integratsiyasiga asoslangani bois intiluvçan, iqtidorli talabalar "Özavtosanoat" AJning tarkibiga kiruvçi "BYD Uzbekistan Factory" MÇJ QK, "UzAuto Motors" AJning Asaka va Xorazm filiallari, "UzAuto Motors Powertrain" kabi yirik korxonalardagi zamonaviy işlab çiqariş jarayonlarida faol iştirok etib, malakali mutaxassislar yordamida özlarining nazariy bilimlarini amaliyotda qöllaş imkoniyatiga ega böladilar. Maqsad, yoş kadrlarning sohani mukammal örganişi uçun sönggi va zamonaviy texnologiyalar asosida yölga qöyilgan işlab çiqariş jarayonlarini örganiş imkoniyatini taqdim etişdir.
Sanoat va ta'lim muassasalari örtasidagi hamkorlik, yangi ğoyalar va innovatsion yeçimlar işlab çiqişga yordam beradi, bu esa avtomobilsozlik sanoatining barqaror rivojlanişiga hamda mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qiladi.