"Özvatosanoat" AJ raisi örinbosari D. Xidoyatov hamda "Özavtosanoat" AJ işonçli boşqaruvidagi "Agrotech Klaster" boş direktori A. Muhitdinov 2024 yilning iyun oyida Xitoy Xalq Respublikasida bölib, u yerda joylaşgan “Weichai Lovol Agricultural Intelligent Technology” kompaniyasi vakillari bilan özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça uçraşuvlar ötkazdilar.

Dastlab, hamkor kompaniya vakillari tomonidan "Lovol" brendi ostidagi qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqariş quvvatlari, yölga qöyilgan texnologik xususan, metal quyuv va mexanik işlov beriş jarayonlari bilan yaqindan taniştirildi.

Söng, “Weichai Lovol Agricultural Intelligent Technology” Boş direktori janob Vang bilan Lovol traktorlarini Özbekistonda işlab çiqariş va servis xizmatini yölga qöyiş, mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş va qöşma korxona tuziş masalalari yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar ötkazildi.

Bundan taşqari, “Andijon sanoat xabi”da joylaşgan “Avto Spring Komponents” MÇJ bilan kooperasiya asosida traktor transmissiya qismlarini mahalliylaştiriş masalasini parallel tarzda amalga oşirişga kelişildi.

Ma'lumot uçun: Weichai Lovol Agricultural Intelligent Technology 2004 yilda taşkil etilgan. Kompaniya har xil turdagi traktorlar, ğalla öruvçi kombaynlar, şuningdek osma va tirkamali qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqaradi.
