Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” AJdagi mehnat munosabatlari, işçi xodimlar va xorijiy mutaxassislarga tölanadigan iş haqi, şuningdek, işlab çiqarilayotgan mahsulot sifati haqida anonim murojaat tarqatildi.
Şu munosabat bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Avvalo, korxona faoliyatiga doir masalalar kötarilgan mazkur murojaat uçun muallifga minnatdorçilik bildiramiz. “UzAuto Motors” AJda bunday murojaatlarga jiddiy e’tibor qaratiladi hamda xodimlarning fikr va takliflari işlab çiqariş jarayonlari va korporativ muhitni yanada takomillaştirişga xizmat qiluvçi muhim omillardan biri sifatida baholanadi.
Şuni ta’kidlaş joizki, kompaniya tomonidan mehnatga haq tölaş tizimi va xodimlarni moddiy rağbatlantiriş masalalari böyiça ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan avvalgi materiallar va murojaatlarga nisbatan bir neça bor batafsil rasmiy izohlar berilgan.
Şuningdek, uşbu masalalar yuzasidan kompaniya rahbariyati tomonidan har bir tarkibiy bölinma xodimlari va işçilari bilan uçraşuvlar ötkazilib, zarur tuşuntirişlar berilgan. Korxonada har oyda xodimlar bilan oçiq muloqotlar taşkil etiladi, şuningdek, doimiy aloqa va muloqot kanallari yölga qöyilgan.
Ayni paytda “UzAuto Motors” AJ bozor şaroitida va raqobat muhitida faoliyat yurituvçi tijorat korxonasi ekanligini alohida qayd etamiz.
Yana bir bor eslatib ötamizki, sönggi uç yil davomida korxonaning işlab çiqariş bölinmalari xodimlarining örtaça iş haqi 22 foizga oşirildi. Bunda ma’muriy-boşqaruv xodimlarining iş haqi oşirilmagan.
Bundan taşqari, xodimlarga mehnat faoliyati natijalariga asoslangan holda har çorakda KPI mukofotlari tölab boriladi. Şuningdek, keyingi yillarda davlat bayramlari munosabati bilan qöşimça rağbatlantiruvçi tölovlar beriş amaliyoti joriy etildi.
Xodimlarning iş haqi, şu jumladan ustama va rağbatlantiruvçi tölovlar miqdori egallab turgan lavozimi, malakasi, tajribasi, mehnat natijalari hamda kompaniya faoliyatiga qöşgan şaxsiy hissasini inobatga olgan holda belgilanadi. Şu munosabat bilan iş haqi va rağbatlantiruvçi tölovlar miqdori lavozim, faoliyat yönalişi hamda har bir xodimning iş samaradorligiga qarab farq qilişi mumkin.
Xorijiy mutaxassislar faoliyati va ularning iş haqi masalasiga kelsak, hozirgi kunda korxonada 15 mingdan ortiq xodim mehnat qilmoqda. Xorijiy mutaxassislar soni esa atigi 21 nafarni taşkil etadi, bu umumiy xodimlar sonining 1 foizidan ham kamdir.
Xorijiy mutaxassislar işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, mahalliy sanoat raqobatbardoşligini kuçaytiriş, kadrlar salohiyatini rivojlantiriş hamda xarajatlarni optimallaştiriş böyiça ilğor xalqaro tajribalarni joriy etiş maqsadida jalb qilingan.
Uşbu mutaxassislar, birinçi navbatda, muayyan davrda korxona uçun dolzarb bölgan muammolar va alohida vazifalarni hal etiş bilan şuğullangan.
Ta’kidlaş lozimki, jalb qilingan mutaxassislar faoliyati özini töliq oqlagan bölib, ular tomonidan amalga oşirilgan yeçimlardan olingan iqtisodiy samara kompaniyaning ularni saqlaş xarajatlaridan bir neça barobar yuqori hisoblanadi.
Kompaniya oçiq kadrlar siyosatini yuritadi va mehnatga haq tölaş tizimi böyiça norozilik, savol yoki tuşunmovçiliklarga ega bölgan har bir xodimning murojaatini alohida tartibda körib çiqişga tayyor. Murojaatlarni xolisona körib çiqiş maqsadida kadrlar, yuridik xizmatlar, kasaba uyuşmasi hamda mas’ul rahbar xodimlar jalb etiladi.
Har bir manfaatdor xodim kompaniya rahbariyatiga şaxsan yoki mavjud muloqot kanallari orqali murojaat qilişi mumkin. Buning uçun +998 78 140 55 55 telefon raqami yoki @uzautomotors_infobot Telegram-botidan foydalaniş mumkin.
Işlab çiqarilayotgan mahsulot sifati masalasiga kelsak, sönggi uç yil davomida mazkur yönalişda salmoqli natijalarga erişildi. Ilgari har 1 000 ta işlab çiqarilgan avtomobil hisobiga örtaça 35 ta sifat bilan boğliq holat töğri kelgan bölsa, bugungi kunda uşbu körsatkiç 13 tani taşkil etmoqda.
Natijada mazkur holatlar soni qariyb uç barobarga qisqardi. Bu esa işlab çiqariş jarayonlari va sifat nazorati tizimi izçil takomillaştirib borilayotganidan dalolat beradi.
Yana bir bor eslatib ötamizki, “UzAuto Motors” AJ oçiq muloqot tamoyillariga amal qiladi va kelib tuşayotgan har bir murojaatga jiddiy yondaşadi. Barça murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqilişi kafolatlanadi.