Bir neça kun avval, “Özavtosanoat” AJ taşabbusi bilan jamiyat tizim korxonalarining HR rahbarlari iştirokida “Kompеtеnsiyalarni rivojlantirib jamoani kuçaytiramiz” mavzusida “Team building” taşkillaştirildi.

Andijonda joylaşgan Xonabod dam oliş maskanida ötkazilgan mazkur tadbirda jamoaviy ruhni mustahkamlaş, muloqot könikmalarini rivojlantiriş, yangi ğoyalarni yaratiş va muammoni birgalikda hal etiş könikmalarini takomillaştiriş yuzasidan turli amaliy tadbirlar ötkazildi.



Dastlab, “UzAuto Motors” AJ ijroçi direktori örinbosari Anvarjon Xasanov xodimlar boşqaruvi sohasida amalga oşirilgan işlar haqida sözlab, kelgusidagi rejalar bilan örtoqlaşdi.
Trening davomida iştirokçilarga jamoada yetakçilarni aniqlaş, turli lavozimdagi xodimlar örtasida ijobiy munosabatlarni örnatiş, xodimlarni boşqarişning zamonaviy usullari, yangiça yondaşuvlar, jamoaviy ruhni kuçaytiriş va motivatsiya masalalari böyiça tuşunçalar berildi.
“Team building”da xalqaro toifadagi mutaxassis, “NR consulting” kompaniyasi direktori Nasiba Rozmetova tomonidan xodimlarni nostandart ijodiy fikrlaşga undaydigan, hamkasblar örtasida özaro işonç va hurmat hissini şakllantiruvçi motivatsion treninglar ötkazildi.


Mazkur uçraşuv tabiat qöynida, toğli hududda, musaffo havoda norasmiy şaroitda hamkasblar bilan tajriba almaşiş, köplab yangi ğoyalar va munozarali holatlarga yeçim topiş uçun ajoyib imkoniyatga aylandi.
Şuningdek, “Team building” doirasida “Yaşil makon” ummummilliy loyihasini qöllab-quvvatlagan holda, qatnaşçilar tomonidan Xonabod sihatgohi hududida keng qamrovli kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirildi. Unga köra, 60 tup manzarali, mevali daraxt va buta köçatlari ötqazildi.


Korporativ madaniyatni şakllantirişga qaratilgan turli treninglarni öz içiga olgan mazkur “Team building” nafaqat sanoat tizim korxonalari HR boşqaruvi rahbarlarining özaro munosabatlarni yaxşilaşga, balki jamoaviy ruh va birdamlik kayfiyatini şakllantirişga imkon beradi. Trening davomida hamkasblar turli jamoaviy maşqlar orqali yaxşi kayfiyat oliş bilan birga, kompaniyaning strategik maqsad va vazifalariga erişişga qaratilgan taqdimotlar bilan tanişdilar, şuningdek yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini tadbiq etiş böyiça fikr almaşdilar – deydi “UzAuto Motors” AJ Xodimlar boşqaruvi böyiça direktori Isroiljon Alimov.

“Team building”dan xodimlar juda ham kötarinki kayfiyatda qaytdilar va uşbu mazmunli hamda foydali “Team building” uçun “Özavtosanoat” AJ rahbariyati, taşkilotçilarga öz minnatdorçiliklarini bildirişdi. “UzAuto Motors” AJ ham öz mijozlarini, ham öz xodimlarini birdek qadrlaydi, şu bois ular uçun har tomonlama qulay va maqbul şaroitlarni yaratiş maqsadida bunday tadbirlarni davomli ötkazilişini ta’minlab boradi.
